Har qanday biznes loyihalar va turli brendlarning o‘z tarixi bor. Bugungi kungacha bosib o‘tilgan yo‘l, loyihadagi keskin burilishlar hamda muvaffaqiyatli qadamlar ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi tabiiy.

Bu gal oziq-ovqat sanoatida o‘z o‘rniga va mavqeiga ega bo‘lgan “Nestlé” brendining yaratilish tarixiga nazar tashlaymiz.

Maqolada kompaniyaning bugungi kungacha qanday shakllangani hamda uning kengayish jarayonlari haqida so‘z boradi. Bundan tashqari, barcha uchun tanish bo‘lib ulgurgan kompaniya logotipining yaratilish tarixi ham sizni befarq qoldirmaydi.


Yangi mahsulotning yaratilishi

“Nestlé” kompaniyasining asosi shveysariyalik farmatsevt Genri bolalarni ovqatlantirish uchun ona suti o‘rnini bosuvchi vositani yaratishga harakat qilgan. U sut, bug‘doy uni va shakaridan foydalanib, “Farine Lactee Henry Nestlé” — “Genri Nestlening Sut Uni"ni ishlab chiqara boshladi.

Ushbu mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha kompaniyani 1867-yilda tashkil etishgan. Uning maqsadi ona sutiga ehtiyoji bor chaqaloqlar uchun ovqatlanishni tashkil etish edi, shu bilan u to‘yib ovqatlanmaslik sababli bolalar o‘limi muammosini qisman hal etishga harakat qilgan.

Yangi mahsulotning birinchi iste’molchisi muddatidan erta tug‘ilgan chaqaloq bo‘ldi. Uning tanasi na ona sutini va na uning o‘rnini bosuvchi moddalarni qabul qilar edi.

Bolaning hayoti yangi mahsulot tufayli saqlanib qolinganidan so‘ng, bu mahsulotni ko‘pchilik tan oldi va bir necha yil ichida Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida shuhrat qozondi.

biznes tarixi, nestlé

1886-yilda amerikalik Charlz va Jorj Peyj tomonidan tashkil etilgan Angliya-Shveysariya quyultirilgan sut kompaniyasi o‘z mahsulotlari turini kengaytirdi va 1870-yillarning o‘rtalarida ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni boshladi.

1874-yilda Jyul Monnerga tegishli bo‘lgan “Nestlé” bunga javoban o‘zining quyultirilgan sut brendini ishlab chiqardi. 1905-yilgacha, ya’ni o‘zaro birlashgunga qadar ushbu kompaniyalar mazkur sohadagi asosiy raqobatchilar bo‘lib qolishdi.

Genri “Nestle” oilaviy ramzi — qushlar uyasini savdo belgisi sifatida ishlatishga qaror qildi. Shveysariya nemis shevasida “Nestlé” — “kichik uya” degan ma’noni anglatadi.

Nescafeʼning yaratilishi

Urushdan keyingi davr “Nestlé” uchun inqirozni keltirib chiqardi. Hukumat buyurtmalarni to‘xtatdi, urush paytida quyultirilgan sutga o‘rganib qolgan odamlar yangi sut paydo bo‘lishi bilanoq yana o‘sha sutni olishni afzal ko‘rishdi. 1921-yilda kompaniya yirik zarar ko‘rdi.

Tovar narxlarining ko‘tarilishi, urushdan keyingi jahon iqtisodiyotidagi sustlik va valyuta kurslarining pasayishi vaziyatni yanada og‘irlashtirdi.

“Nestlé” rahbariyati ushbu holatga tezda munosabat bildirdi va shveysariyalik bank mutaxassisi Luis Daplesni bilan kompaniyani qayta tashkil etishga kirishdi. U ishlab chiqarish va sotish darajasini sozlash, shuningdek, qarzdorlikni qisqartirish orqali kompaniyani barqaror holatga qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

20-yillarda “Nestlé” birinchi marta o‘zining an’anaviy prinsiplaridan voz kechdi. Shokolad ishlab chiqarish kompaniya uchun ikkinchi muhim faoliyatga aylandi. Kompaniyada bug‘doyli sut, Milo eriydigan ichimligi, bolalar uchun maxsus ichimliklar ishlab chiqarila boshlandi.

1938-yilda eng katta yangilik — “Nescafe” ishlab chiqarila boshlandi. Ushbu aralashma butun dunyoda qahva iste’molini tubdan o‘zgartirib yubordi va tezda mashhurlikka erishdi.

biznes tarixi, nestlé

Ishlab chiqarishning o‘sishi va assortimentining kengayishi

Urushdan keyingi yillar “Nestlé” tarixidagi eng dinamik bosqich bo‘ldi. Ushbu davrda kompaniyaning o‘sishi kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari turlarining kengayishiga asos bo‘ldi.

Alimentana S.A. “Nestlé"ga qo‘shildi va yangi kompaniya nomi “Nestlé Alimentana Company"ga o‘zgartirildi. Buning ortidan birin-ketin, 1950-yilda Britaniyaning konserva ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan “Crosse & Blackwell” kompaniyasi, 1963-yilda “Findus” (muzlatilgan oziq-ovqat), 1971-yilda “Libbi” (meva sharbatlari) va 1973-yilda “Stouffer” kompaniyalari ham sotib olindi.

Shu bilan birga, o‘sha paytda “Nescafe"ning mashhurligi o‘sishda davom etdi. 1950-yildan 1959-yilgacha kofe sotish qariyb uch baravar, 1960-yildan 1974-yilgacha esa to‘rt baravar oshdi.

Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng 15 yil ichida kompaniyaning savdo hajmi to‘rt baravar oshdi. Yangi past haroratli quritish texnologiyasining rivojlanishi 1966-yilda yangi eriydigan kofe — Tasterʼs Choicepaydo bo‘lishiga olib keldi.

biznes tarixi, nestlé

Nestlé kecha va bugun

90-yillarning birinchi yarmi “Nestlé” uchun qulay davr bo‘ldi: savdo to‘siqlari olib tashlandi va jahon bozorida integratsiya jarayonlari davom etdi.

Markaziy va Sharqiy Yevropaning, shuningdek, Xitoyning ochilishi “Nestlé"ga o‘z mahsulotlarini sotishning yangi usullarini taqdim etdi.

“Nestlé” XX asrni “Ingliz-shveysar quyultirilgan sut kompaniyasi” mahsulot turlarini va geografik imkoniyatlarini kengaytirish bilan boshladi.

Kompaniya yangi ming yillikka 70ta mamlakatdagi 500dan ortiq fabrikalari va 71 mlrd Shveysariya frankidan iborat bo‘lgan oziq-ovqat sanoatining ishonchli yetakchisi sifatida kirib keldi.

Kengayish jarayonlari “San Pellegrino” mineral suvini ishlab chiqarish bo‘yicha Italiya konsernini sotib olish orqali davom etdi. “Spillers Pet Foods” sotib olinishi “Nestlé"ning Yevropada uy hayvonlari uchun oziq-ovqat bozoridagi mavqeyini mustahkamladi.

1999-yil sentabr oyidagi “Nestlé” kompaniyasining yaqindagi AQSh qahva zavodlarini (Hill Bros, MJB, Chase & Sanborn) yopish to‘g‘risidagi qaror kompaniyaga ishlab chiqarishni yuqori darajaga olib chiqib, “Nescafé” liniyasiga e’tibor qaratish imkonini berdi.

O‘zgaruvchan bozorda yetakchi mavqega ega bo‘lish kompaniyadan yetarlicha moslashuvchanlikni talab qiladi. Mavjud mahsulotlar turi to‘ldirilmoqda va faoliyat geografiyasi kengaymoqda.

biznes tarixi, nestlé

Va nihoyat, “Nestlé” rahbariyati birinchi marta oziq-ovqat sanoatidan tashqariga chiqishga qaror qildi. 1974-yilda kompaniya kosmetika ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik aksiyadorga aylandi (“L'Oreal” kompaniyasi).

“Nestlé” yillik hisobotiga ko‘ra, 2022-yilda sut mahsulotlari va muzqaymoq savdosi 11,2 mlrd shveysariya frankini tashkil etdi.

Kompaniya logotipi

“Nestlé” biznesda bo‘lgan 150 yildan ortiq vaqt davomida kompaniya logotipi kamida olti marta yangilangan.

biznes tarixi, nestlé

“Nestlé” oilasining gerbi dastlab kompaniya logotipida tasvirlangan bo‘lib, u odatdagi qalqon shaklida bo‘lib, tepa chizig‘i biroz yon tomonlarga cho‘zilgan.

Dastlab tepada joylashgan toj tukli metall dubulg‘a bilan almashtirildi va qalqonning o‘rtasida o‘z uyasida o‘tirgan qush tasviri bor edi. Ushbu maxsus logotip korporatsiya tomonidan faqat ikki yil davomida ishlatilgan.

1868-yil kompaniya uchun to‘rtta qushli uya tasvirini o‘z ichiga olgan yagona ramz yaratilgan yil bo‘ldi. Bu juda batafsil tasvir edi, shoxlari va eman barglari bir-biridan ajralib turishi mumkin edi.

1938-yilda logotip dizayniga so‘z belgisi kiritildi. “Nestlé” so‘zi “Nest” logotipi tepasida qalin qora harflar bilan yozilgan bo‘lib, bundan oldin u kamroq soyalar va urg‘u bilan oddiyroq chiziqlar bilan o‘zgartirilgan.

“Nestlé” logotipining klassik tuzilishi uning 2015-yilgi yangilanishida deyarli butunlay saqlanib qolgan. Yagona o‘zgarish ramzning kattalashishi bo‘lib, u to‘liq logotip yanada mutanosibroq va mustahkamroq ekanligi haqidagi taassurot qoldirdi.