Banklardagi iste’mol kreditlari. 2024-yil fevral oyi bo‘yicha
Hozirda mavjud 35 ta bankdan 17 tasida iste’mol kreditlarini olish mumkin bo‘lib, kreditning maksimal miqdori 680 mln so‘mni, minimal foiz stavkasi 21%ni tashkil qiladi.
Xorijiy davlatlarda qonuniy ishlash uchun hujjatlarni qanday topshirish mumkin? Qo‘llanma
Buning uchun Migratsiya agentligining Labormigration platformasi orqali ariza jo‘natish imkoniyati mavjud.
Biznes tarixi: Nestlé qanday qilib dunyo oziq-ovqat sanoatining yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan?
Mazkur maqolada brend qanday tashkil etilgani, rivojlanish tarixi hamda uning kengayish jarayonlari haqida ma’lumotlar berilgan.
“Click” bosh direktori o‘zi bilan nimalar olib yuradi?
Mazkur materialda Ulug‘bek Rustamov ish stolida foydalanadigan va ryukzagida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Xalqaro IT-sertifikatlar xarajatlarini qoplab berish miqdori oshiriladi.
Bunda yoshlarga IT-sertifikat xarajatlarining 60%gacha qismi, agar ingliz tilidan sertifikat mavjud bo‘lsa, 100%i qoplab beriladi. - 1-oktabrdan O‘zbekistonda ijtimoiy karta joriy etiladi.
Unga birinchi navbatda Saxovat va ko‘mak, ayollar va yoshlar daftarlari jamg‘armalari, keyinchalik esa 74 turdagi ijtimoiy nafaqa va yordamlar o‘tkaziladi. - Yanvar oyida Toshkentda uy-joy narxlari qanday bo‘ldi?
Poytaxtda ko‘chmas mulk savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20%ga oshdi, o‘rtacha ijara narxi 2,2%ga pasaydi. - O‘zbekistondagi ayrim banklar “Contact” xalqaro pul o‘tkazmalari to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Tizim QIWI Bankga tegishli bo‘lib, uning litsenziyasi Rossiya Markaziy banki tomonidan bekor qilindi. - O‘zbek so‘mi dunyo valyutalari reytingida zaiflashishda davom etmoqda.
O‘zbekiston so‘mi Forbes reytingida 6-o‘rinni egallab, oldingi natijaga nisbatan bir pog‘ona yuqoriladi. - Dollar kursi yana rekord darajani qayd etdi.
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 12,9 so‘mga oshib, 12 508 so‘mni tashkil etdi. - 1-martdan Toshkentda tig‘iz vaqt oraliqlarida yuk mashinalari harakati taqiqlanadi.
Bu ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan avtotransport vositalariga nisbatan tatbiq etiladi. - Hududlar markazlarida Yevro-5 standartiga javob bermaydigan avtomobillarga cheklov qo‘yiladi.
Bunda Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida Yevro-5 va undan yuqori standartlariga muvofiq bo‘lmagan avtomobillar ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanadi. - Xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar importiga bojxona bojining nol stavkasi 2027-yilgacha uzaytirildi.
Jumladan, 82 turdagi mahsulotlar qatorida yuvish vositalari, sun’iy mum, kastor yog‘i, to‘qimachilik bo‘yog‘i hamda keramik mahsulot kabilar bor. - AQSh Moliya vazirligi o‘zbekistonlik fuqaro va kompaniyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
Shuningdek, Rossiya, Turkiya, Xitoy, BAA va Qirg‘izistonning 92ta korxonasi ham cheklovlarga uchradi.