“Apple” yaqin oylarda aqlli uzukni taqdim etish niyatida. Bu haqda Koreyaning “ET News” nashri xabar berdi.
OAV jurnalistlari ismi oshkor etilmagan insayderga murojaat qilishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika kompaniyasi aqlli uzuk ishlab chiqarishni tezlashtirgan, u 2024-yilda taqdim etilishi mumkin.
Mualliflar, shuningdek, qurilma tafsilotlarini ham oshkor qildilar — ixcham o‘lcham, faollikni kuzatish imkoniyatlari, aqlli funksiyalar.
Mutaxassislarning fikricha, yanvar oyida “Samsung"dan aqlli uzuk e’lon qilingani sababli “Apple” faollashdi.
Korporatsiya go‘yoki katta bozor segmentini raqobatchiga berishni istamaydi.
Qayd etilishicha, aynan shu sababdan “Apple” barmoqqa taqiladigan qurilmaning bir nechta variantini patentlagan.
Avvalroq “Samsung” yozda birinchi aqlli uzukni chiqarishni rejalashtirgani ma’lum bo‘lgandi. Qurilma “Galaxy Watch 7” aqlli soati bilan birga namoyish etiladi.
Bu ma’lumotni “B2B Samsung Electronics” kompaniyasi rahbari Daniel Son o‘zining “LinkedIn” sahifasida tasdiqlagan.
Korporativ menejerning ta’kidlashicha, joriy yilning ikkinchi yarmida yangi taqiladigan sog‘liq va salomatlik mahsuloti sotuvga chiqariladi, bu aqlli uzukga ishora qiladi.
“Wccftech” mualliflarining fikricha, “Galaxy Ring” iyul oyida taqdim etilishi mumkin. Shuningdek, shu vaqt ichida “Galaxy Watch 7” aqlli soati e’lon qilinishi ham ma’lum bo‘ldi.
Shunday qilib, Koreya korporatsiyasi o‘z liniyasini sog‘liq va sport uchun yangi taqiladigan gadjetlar bilan to‘ldiradi.
Yanvar oyida e’lon qilingan aqlli uzukning texnik xususiyatlari oshkor etilmagan.
Sanoat tahlilchisi Avi Greengartning ta’kidlashicha, “Galaxy Ring” juda yengil, bir nechta o‘lchamlarda keladi, salomatlik va uyquni kuzatish xususiyatlariga ega.