Buxoro viloyatida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadonlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departament hamda “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan reyd o‘tkazilgan.

Tekshiruvda fuqaro A.Z. qonunga xilof ravishda “Mayning ferma” faoliyati bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan.

Fuqaro o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida 10 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 531,4 mln so‘m zarar yetkazgan.

Shu kabi, Departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.Sh. o‘z uyida 5 ta to‘plamdagi mayning qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 328,7 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Avvalroq “Spot” Qo‘qondagi qandolatchilik sexida noqonuniy mayning ferma faoliyati aniqlangani haqida yozgandi.

Natijada, elektr energiyasiga 787,4 mln so‘mlik zarar yetkazilib, besh barobar o‘suvchi koeffisient qo‘llanilgan holda jami 4 mlrd so‘mlik jarima hisoblangan.