“Motorola” kompaniyasi “MWC 2024” texnologik ko‘rgazmasiga qiziqarli konseptual gadjet — adaptiv displeyni taqdim qildi.

U o‘zining g‘ayrioddiy dizayni va variantlari bilan ajralib turadi. “Hi-Tech Mail.ru” nashri uni batafsil ko‘rib chiqdi.

Ishlab chiqaruvchi qurilmani inqilobiy displey deb ataydi. Undan sensorli ekranli oddiy smartfon kabi foydalanish mumkin.

Shuningdek, qurilmani xuddi soat yoki bilaguzuk kabi qo‘lga taqish mumkin. Qurilmaning ramkasi egilib, foydalanuvchi tanlagan shaklni ushlab turadi.

Qurilma to‘liq kengaytirilganda, FHD+ o‘lchamlari bilan diagonali pOLED displey 6,9 dyumni tashkil qiladi.

Bilaguzuk rejimida ekran 4,6 dyumdan kichikroq bo‘ladi, shu bilan birga u teginishlarga javob beradi, bildirishnomalarni va kontentni ko‘rsatadi.

Qurilmani ko‘rgazmada sinab ko‘rishga ruxsat berilmagan. Faqat unga qarash mumkin bo‘lib, displey shisha kub ichiga joylangan.


Avvalroq “Spot” “Lenovo” shaffof displeyli noutbukini taqdim qilgani haqida yozgandi.

Noutbukning nafaqat displeyi, balki klaviaturasi ham shaffof bo‘lib, sensorli klaviatura o‘rnatilgan.