Payme Business to‘lovlarni qabul qilish va ularni bir zumda bank hisobiga o‘tkazish, shuningdek, sotuvlarni tahlil qilishda yordam beradi. Xizmatdan O‘zbekistonning 73 mingdan ortiq kompaniyalari foydalanadi.

Payme Business`ning katta ustunligi shundaki, mablag‘ hisobingizga juda tez kelib tushadi. Agar ba’zi hollarda bu jarayon uch kungacha vaqtni olgan bo‘lsa, Payme Business bilan ular foydalanuvchi hisobiga keyingi ish kunidayoq tushadi.

Payme Business pul o‘tkazish jarayonini tezlashtirishdan tashqari, bir qator boshqa imtiyozlarni ham taqdim etadi:

  1. Savdoni oshirish. Mijozlar QR-kod va Payme Go xizmatidan foydalangan holda oson va tez xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.
  2. Mijozlarning sodiqligini oshirish. Payme Business har bir tranzaksiya xavfsizligini ta’minlab, mijozlar bilan aloqani mustahkamlaydi.
  3. HUMO va UZCARD tizimlari bilan ishlash. Ilova O‘zbekistondagi ikkala to‘lov tizimini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
  4. Avtomatik fiskallashtirish. Tizim avtomatik ravishda fiskal cheklarni yaratib, ularni soliq organlariga yuboradi.

Bu qanday ishlaydi:

  1. Mijozlar buyurtmalarni onlayn yoki biznes sherikning savdo nuqtasida to‘lashlari mumkin, kassirlar esa SMS, Telegram ilovasi va onlayn kassa yordamida xabarlarni olishadi.
  2. Buxgalteriya hisobi qulay bo‘lishi uchun barcha to‘lovlar Payme Business shaxsiy hisobingizda ko‘rsatiladi.

Bugunoq kompaniya saytida ariza qoldirib, biznes jarayonlarini optimallashtirish uchun platformaning barcha afzalliklaridan foydalanishni boshlash mumkin.

Batafsil quyidagi havola orqali o‘qish mumkin.

Instagram: @payme.uz
Facebook: fb.com/payme.uz
Telegram: t.me/payme_uz

Reklama huquqlari asosida.