“Uzbekistan Airports” Toshkent aeroporti uchun Germaniyaning “Cobus Industriyes” ishlab chiqaruvchisidan yo‘lovchi tashuvchi avtobuslar xarid qildi. Bu haqda kompaniya matbout xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur “Cobus 3000” modeli kompaniyaning eng katta past polli modeli hisoblanadi. Avtobusning uzunligi deyarli 14, eni 3 metrni tashkil etadi.
Shuningdek, 10 o‘tirgan va 94 tik turgan holda, jami 104 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladi. Model polni ko‘tarish va tushirish uchun pnevmatik tizim bilan jihozlangan.
Yo‘lovchilarni olish va tushirishdan oldin avtobus polini pastga tushirish yoki ko‘tarish mumkin. Bu chamadonli, bolalar aravachasi va nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilarga avtobusga chiqish va undan tushishni osonlashtiradi.
Yanvar oyi oxirida Toshkent aeroportida mehmonxona ochildi. Undan foydalanish tariflari muddati va xona klassiga qarab $30dan boshlanib, $150gacha yetadi. Uchta standart, 1ta lyuks xona mavjud.
Shuningdek, haydovchilik guvohnomasi orqali aviareyslarga ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berilishi mumkin. “Uzbekistan Airports” aeroportlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida tan olinadigan hujjatlarning yakuniy ro‘yxatini tasdiqlash ishlari yakunlanayotganini ma’lum qilgandi.