Shaharlararo elektr poyezdlari yo‘lovchilari endi transport va bank kartalari orqali sayohat haqini to‘lashlari mumkin. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent-Xojikent yo‘nalishidagi elektropoyezdlarda ATTO transport kartalari yoki bank kartalaridan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati ishga tushirildi.

Qayd etilishicha, endilikda elektropoyezdlar uchun chiptalarni temir yo‘l vokzallari va bekatlarda olish shart emas.

Bunda to‘lovni bevosita elektropoyezd vagonlarida АTTO transport kartalari yoki bank kartalaridan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Tez kunlarda Toshkent-Bekobod, Toshkent-Xovos va Toshkent-Angren yo‘nalishlaridagi elektropoyezdlarda ham elektron to‘lov tizimini ishga tushiriladi.

Avvalroq Toshkent metrosida “Face ID” orqali to‘lovlarni sinovdan o‘tkazishni boshlangani haqida xabar berilgandi.

Tizim hozircha faqat “Buyuk Ipak yo‘li” bekatida mavjud bo‘lib, 2024-yilning iyul oyiga qadar barcha metro bekatlarini qamrab olish rejalashtirilgan.


“Spot” 20-yanvardan mahalliy yo‘nalishlardagi temir yo‘l chiptalari narxi yana oshirilishi haqida yozgandi.

Xususan, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20%ga oshmoqda.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” chipta narxlari qaysi mahalliy yo‘nalishlarda o‘zgarmasligini ham ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Toshkentdan Andijon, Termiz, Xiva, Buxoro va Qo‘ng‘irotga qatnaydigan poyezdlar chiptasi narxi o‘zgarishsiz qoladi.