Kompaniya jadal rivojlanishda davom etmoqda. Atigi bir yil ichida Click akkauntlar soni 25% ga oshdi va 15 mln dan ortiq ko‘rsatkichga yetdi.
Tranzaksiyalarning umumiy hajmi 60 trln so‘mga yetdi, bu esa 2022-yilga nisbatan 45% ga ko‘pdir. Humo hisobotiga ko‘ra, mablag‘ aylanmasida barcha to‘lov tashkilotlari orasida Click`ning ulushi eng yuqori bo‘lib, 41,6 foizni tashkil qiladi. Sof daromad hajmi esa 2023-yilda 60% ga oshdi. Click Up ilovasiga kuniga o‘rtacha 2 mln dan ortiq foydalanuvchi kiradi.
2024-yilning fevral oyi oxirida Click Up ilovasida identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilar soni 2 mln dan ortiq kishini tashkil etdi. Identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilar uchun alohida qulaylik va imtiyozlar beruvchi yangi xizmatlar va mahsulotlar ishga tushirildi.
Click moliyaviy texnologiyalar sohasida yangi standartlarni belgilovchi yetakchi kompaniyalardan biridir. Click`ning maqsadi foydalanuvchilarga innovatsion yechimlarni taqdim etish, ularning hayotini oson va qulayroq qilishdir.
Humo hisoboti bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.
Sayt: click.uz
Reklama huquqlari asosida.