Bahor fasli kirib kelishi bilan Chevrolet avtomobillarga foydali taklif bilan yangilanish va yangi imkoniyatlarning yorqin sayohatiga taklif qiladi. 1-mart kunidan boshlab Chevrolet Tahoe, Traverse, Equinox, Captiva va Onix avtomobil modellari uchun hayratlanarli chegirmalarni taqdim etuvchi bahorgi aksiya start oldi.

Chevrolet avtomobillari ishonchlilik, barqarorlik va xavfsizlikni o‘zida mujassam etgan. Avtomobillar, xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar mavjudligi butun O‘zbekistonni qamrab oladi. Chevrolet Equinox, Chevrolet Traverse va Chevrolet Tahoe kabi modellar tufayli brend dunyodagi ko‘plab raqobatchilarini ortda qoldirib, “Dunyodagi eng ishonchli brendlar” top beshtaligiga kirdi.

Chevrolet bilan qulaylik va xavfsizligingiz uchun foydali sarmoya kiritish imkoniyatini boy bermagan ma’qul.

Chevrolet`dan bahorgi aksiya chegirmalari:

  • Onix — chegirma 15 mln so‘m;
  • Captiva — chegirma 15 mln so‘m;
  • Equinox — chegirma 25 mln so‘m;
  • Traverse — chegirma 48 mln so‘m;
  • Tahoe — chegirma 70 mln so‘m.

Aksiya uchun mo‘ljallangan avtomobillar soni cheklangan. Bahorni yangi Chevrolet avtomobili bilan kutib olgan yaxshi.

Chevrolet Onix

Chevrolet Onix — yuqori standartlarga javob beradigan zamonaviy avtomobil. Yangi model yorqin dizayn, zamonaviy interer hamda qulaylik va xavfsizlik uchun barcha zarur opsiyalarni o‘zida mujassamlashtiradi.

Avtomobillar ikki turdagi CSS Prime yangi avlod dvigatellari bilan taqdim etilgan:

  • 1,2 litrli 132 ot kuchiga ega turbo dvigatel hamda olti pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi;
  • 1,2 litrli 90 ot kuchiga ega atmosferali dvigatel besh pog‘onalik mexanik uzatmalar qutisi.

Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, shu bilan birga aralash siklda 100 km uchun 5,9 l va shahar tashqarisidagi yo‘lda 4,7 l sarflaydi. Besh o‘rindiqli ushbu sedan xoh oilaviy, xoh do‘stlar bilan sayohat bo‘lsin yoki xizmat safari bilan shaylangan xodim bo‘lsin, xamma uchun ham birdek optimal variant bo‘la oladi. Chevrolet Malibu avtomobili bilan o‘xshashligi yuqori toifadagi avtomobillardan qolishmaydigan mustahkam va zamonaviy tashqi ko‘rinish beradi.

chevrolet, reklama

Chevrolet Captiva

Captiva avtomobili Chevrolet rusumlarini ishlab chiqarishda to‘plangan boy tajriba asosida yaratilgan bo‘lib, o‘zida Sport Utility Vehicle 3S, ya’ni Stylish, Spacious, Smart (o‘ziga hos uslub, shinam va aqlli) kabi zamonaviy konsepsiyasini mujassamlashtirgan.

O‘ziga hos tashqi ko‘rinishidan tashqari, mazkur yetti o‘rindiqli avtomobil o‘zbek an’analariga mos tarzda katta oilalar qolaversa, ularning barcha oila a’zolarini sig‘dirishga mo‘ljallangan. Ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida o‘rindiqlar Soft Touch charm matosi bilan qoplangan.

Panorama lyuki salon ichki qismini yanada tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlaydi. Tomga o‘rnatilgan relslar esa piyoda sayr, hamda velosipedda sayohat qilishni xush ko‘ruvchi oilalar uchun mosdir. 10,4 dyumli sensorli ekran avtomobil axborot-ko‘ngilochar tizimining yuragi bo‘lib, yon-atrof yoki orqa kuzatuv kamerasi yordamida 360 darajada to‘liq nazoratni ta’minlaydi.

Tejamkor 1,5 litrli turbo dvigatel yonilg‘i sarfini va kerakli ta’sirchanlikni ta’minlaydi. Avtomatik uzatmalar qutisi (CVT variator) va elektr boshqaruvli rul haydashni yanada qulay qiladi.

Avtomobil LT1, LT2 i Premier komplektatsiyalarida taqdim etiladi.

chevrolet, reklama

Chevrolet Equinox

Chevrolet Equinox yumshoq gibrid start-stop tizimi bilan ishlaydi. Ushbu modelda oddiy generator o‘rniga kuchli quvvatga ega motor-generator o‘rnatilgan. U sekinlashganda elektr energiyasini ishlab chiqarib, yuqori quvvatli akkumulyatorni zaryadlaydi.

Zamonaviy texnologiyali dvigatel, shassi va rul boshqaruv tizimi Chevrolet Equinox`da har bir daqiqadan bahramand bo‘lish imkonini beradi. Yangi tizim gibrid transportlar standart avtomobillariga nisbatan kamroq emissiyaga ega bo‘lganligi sababli ekologik nuqtai nazardan to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadamdir.

Arsenalda standart shaklda 670 litrgacha yukni sig‘dira oladi va o‘rindiqlar buklanganda 1627 litrgacha sig‘dira oladigan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan katta ochilish bilan ajralib turadigan keng sig‘imli bagaj.

Barcha komplektatsiyalar avtomobilni boshqarishda maksimal qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydigan barqaror harakatlanish tizimi (ESP), oltita xavfsizlik yostig‘i, Avtomatik tormozlash tizimi, piyodalarni aniqlash tizimi, mumkin bo‘lgan oldindan to‘qnashuv haqida ogohlantirish tizimi, tepalikka chiqishda yordam tizimi kabi opsiyalar bilan jihozlangan.

Avtomobil1LT T, 1LT RS, 3LT RS komlektatsiyalarda taqdim etiladi.

chevrolet, reklama

Chevrolet Traverse

Ilg‘or texnologiyalar yordamida yaratilgan Chevrolet Traverse sizning kelakajdagi rejalarni amalga oshirishda yordam beradi. Avtomobil taasurot qoldira oladigan texnologiyalar bilan jihozlangan:

  • bagajni qo‘lsiz ochish;
  • avtomatik tarzda chiroqlarni sozlash — uzoqni yaqinga o‘tkazish;
  • simsiz zaryadlash qurilmasi;
  • 360 gradusli kamera va hokazo.

Intellektual to‘liq g‘ildirakli tizim sirpanchiqli yo‘llarda avtomobil nazoratini kuchaytiradi, old g‘ildiraklarni tanlash tizimi esa yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, yo‘lda harakat davomida to‘liq va old g‘ildirakli rejimga o‘tib harakatda davom etish mumkin.

Traverse 3,6 litrli B6 dvigateli 318 ot kuchiga ega bo‘lib, 7,6 soniyada 100km/s gacha tezlanish bilan avtomobilni qulay boshqarishni hamda yoqilg‘i tejamkorligini ta’minlaydi. Yetti o‘rindiqli avtomobil qulaylik uchun yangi funksiyalar bilan birga ko‘ngilochar hamda xavfsizlik bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni taklif etadi.

chevrolet, reklama

Chevrolet Tahoe

Chevrolet Tahoe — afsonaviy hamda yirik o‘lchamli yo‘ltanlamas, sizga tegishli bo‘lgan ta’sirchan kuchning timsoli. U yorqin dizayn hamda kuzovning ifodali chiziqlari bilan ajralib turadi. Avtomobil motori B8 hajmdagi 5,3 litr va 343 ot kuchi bilan quvvatlantirilgan, 10 pog‘onali avtomatik uzatma va moslashuvchan osma (podveska) bilan birgalikda har qanday yo‘lda unutilmas taasurot taqdim etadi.

Dynamic Fuel Management haydash sharoitlarini kuzatib boradi va yonilg‘i sarfini kamaytirish va zamonaviy atrof-muhit qoidalariga javob berish uchun aniq moment nazoratini silindrni o‘chirish bilan birlashtiradi. Birlashtirilgan yoqilg‘i sarfi 100 km uchun atigi 12,6 litrni tashkil qiladi.

Adaptiv pnevmatik osma (podveska) to‘rtinchi avlod Magnetic Ride Control va yangi mustaqil orqa osma (podveska) bilan birgalikda har qanday yo‘lda ishonch hissini beradi. Avtomobilning standart jihozlari ikki bosqichli elektron boshqariladigan uzatish qutisini o‘z ichiga oladi, bu yangi Chevrolet Tahoe`ning ilg‘or dinamik imkoniyatlarini kafolatlaydi.


Batafsil ma’lumotlarni rasmiy dilerliklar yoki kompaniya Call-markazidan olishingiz mumkin: (+998) 78−141−77−77.

Reklama huquqlari asosida.