“O‘zbekneftgaz” tasarrufidagi “UNG Petro” kompaniyasining ta’sischisi o‘zgargani ma’lum bo‘ldi.
Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reestri ma’lumotlarga ko‘ra, yoqilg‘i quyish shoxobchasining yangi egasi “Petroleum Technology Group” kompaniyasi hisoblanadi.
“Petroleum Technology Group” kompaniyasi o‘tgan yilning 4-oktabrida tashkil etilgan. Tijorat va boshqaruv masalalari bo‘yicha konsalting kompaniyasi hisoblanadi. Ustav fondi — 101 mln so‘m.
O‘z navbatida, mazkur kompaniya ta’sischilari “Delta Global Dynamics” kompaniyasi (1%) hamda Daniyar Abdulazizovich Kamilov (99%) hisoblanadi. Bundan tashqari, Daniyar Kamilov “Delta Global Dynamics” kompaniyasining 100% ulushiga ham egalik qiladi.
2023-yilning may oyi oxirida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “UNG Petro“ni xususiylashtirish bo‘yicha professional maslahatchi tanlash boshlanganini e’lon qildi.
Kompaniya ustav fondi 265 mlrd so‘mni tashkil etib, 78ta yoqilg‘i quyish shoxobchalariga egalik qiladi.
2019-yilda “O‘zbekneftgaz” davlat kompaniyasi faoliyatini qayta tashkil etish doirasida tashkil etilgan.
Avvalroq “UNG Petro” AYoQShlarida AI-80 benzini 6 800 so‘mdan 7 ming so‘mga oshgani haqida xabar berilgandi.