Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda viloyat tadbirkorlari uchun imtiyozlar belgilandi.
Import uskunalar, ehtiyot qism va xomashyo 5 yilga bojxona to‘lovidan ozod qilinadi, QQSni 180 kunga kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi.
Mahalliylashtirish loyihalariga olingan kredit foizining 10% bandi qoplab beriladi. Davlat mulki va yer uchastkalarini xususiylashtirishda 5 yil ichida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Sotilgan ko‘chmas mulk uchun to‘lov 3 oyda amalga oshirilganda 25% chegirma beriladi.
Iqtisodiy va sanoat zonalarida olgan majburiyatini bajargan tadbirkorlar yer va binoni xususiylashtirishi mumkin bo‘ladi.
Eksportchilarga boshqa viloyatdan xomashyo yetkazib berish uchun yo‘l xarajatlarini 50% Eksport jamg‘armasidan qoplab beriladi.
Hazorasp erkin iqtisodiy zonasida xitoylik investorlar bilan lak-bo‘yoq, shisha mahsuloti va elektrotexnika yo‘nalishida $300 mlnlik 4ta loyiha joylashtiriladi.
Urganch shahridagi “Al-Xorazmiy” majmuasida sanoat binolari qurilib, tadbirkorlarga “tayyor holda” topshiriladi.
Shuningdek, viloyatda xorijiy investorlar bilan turli loyihalar ishlab chiqilgan. Bular qatorida polipropilen, bazalt mahsuloti va sendvich panel ishlab chiqarish, issiqxona tashkil qilish, ixcham qishloq xo‘jaligi texnikasini yig‘ish, meva-sabzavotni qayta ishlash, mebel va noto‘qima material ishlab chiqarish kabilar bor.