“Spot” tadbirkorlar va top-menejerlar ish faoliyatlari davomida nimalardan foydalanishlari haqida so‘zlab beruvchi “Ryukzakda nima bor?” nomli loyihani davom ettiradi.

Bu safargi materialda “Beautify.uz” loyihasi asoschisi Nigora Akilova bilan suhbatlashdik.

U ish faoliyati davomida asosan nimalardan foydalanishi haqidagi savollarga javob berdi.

Intervyuning to‘liq qismi bu yerda:



Ryukzagimning ichida eng muhim narsalardan biri — bu “Macbook”. U menga faoliyatimda eng kerakli narsa bo‘lgani uchun, hechqachon noutbuksiz yurmayman.

“Macbook"imni ichida loyihalarim, kerakli bo‘lgan hamma narsalarim bor. iPhone bilan noutbugimni bir-birga sinxron qilib olganman.

Ryukzagimda yana bitta alohida sumkacha olib yuraman. Uni ichida ko‘plab kabellar, zaryadlovchi qurilmalar, quloqchinlar bor. Ularni yo‘qotib qo‘ymaysiz va bitta joyda turadi. Tavsiya yoki “lifehack” sifatida aytib o‘taman.

Ikkinchi muhim narsa, bu albatta ayollarda bo‘lishi kerak bo‘lgan — pardoz qutisi. “Desigual” brendining kichkina sumkachasini o‘zimga pardoz qutisi qilib olganman. Uni ichida ko‘plab pardoz vositalari bor.

nigora akilova, ryukzagda nima bor

Kompaniyamning muhrini doim o‘zim bilan olib yuraman (kuladi). Chunki soliq qo‘mitasiga, bankga borganda yoki o‘zaro hujjat almashishda muhr doim kerak bo‘ladi.

Yana eng kerakli narsalardan biri bu — yondaftar. Yondaftarlarim ko‘p, lekin o‘zim bilan olib yuradigan bitta ishchi yondaftarim bor. Undan ikki xil usulda foydalanaman, birinchi tarafiga uchrashuvlarim haqida unda aytilgan gaplarni yozaman.

Ikkinchi, orqa tarafiga esa “to do list"larni yozaman, bajargan ishlarimni o‘chirib boraman. Doim shunaqa yondaftarim bo‘ladi, uni har olti oyda almashtiraman. Chunki olti oydan keyin to‘lib qoladi.

nigora akilova, ryukzagda nima bor

Ko‘zoynagim bor, uni avtomobil haydaganimda taqaman. Yoshi o‘tgan odamga dori kerak bo‘ladi, “Trimol” dorisi bor (kuladi).

Shuningdek, kartalar va naqd pul olib yurish uchun hamyon olib yuraman. Ancha eski bo‘lsa ham foydalanish uchun qulay.

nigora akilova, ryukzagda nima bor

Bundan tashqari, “Macbook” uchun taglik ham bor. Turli joylarda noutbukda ishlayman, shuning uchun yonimda olib yuraman. Pasportim bor, yana nam salfetkalar olib yuraman.

Ryukzagim ayol kishinikiga o‘xshamaydi (kuladi). Ko‘proq ish faoliyatimda kerak bo‘ladigan narsalarni olib yuraman. Lekin eng muhim ikkita narsa bu — kompyuterim va pardoz qutisi.