“Metalenz” startapi “Samsung” va Qualcomm" ishlab chiquvchilari bilan birgalikda smartfonlarni yuzma-yuz ochish uchun yangi texnologiya yaratdi. Bu haqda “TimeWeb” nashri xabar berdi.
U “Polar ID” deb nomlanadi va kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, “Face ID"ning analogidir.
“Face ID” bilan solishtirganda, ushbu texnologiyani smartfonga joriy etishning sezilarli afzalligi uning nisbatan arzonligi va ixcham o‘lchamlaridir. Qayd etilishicha, “Face ID” sensori selfi kamerasiga qaraganda ko‘proq joy egallashi mumkin.
Biroq, “Polar ID” yanada yaxshi himoya va yuzni tanib olishni kafolatlagan holda boshqacha yondashuvni qo‘llaydi.
“Face ID"da ishlash prinsipi egasining yuzida ko‘rinmas nuqta matritsasini qurishga asoslangan.
“Polar ID” yorug‘likni yuzda aks ettirganda suratga olish orqali ishlaydi. Natijada barmoq izi kabi noyob nusxa paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, yangi mahsulot ba’zi ilg‘or xavfsizlik xususiyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi, shuning uchun skanerni fotosurat yoki 3D niqob yordamida aldab bo‘lmaydi.
Barselonada bo‘lib o‘tgan “MWC 2024” ko‘rgazmasida ishlab chiquvchilar tomonidan texnologiya namoyishi o‘tkazildi.
Ayni paytda “Metalenz” allaqachon “Qualcomm” bilan “Snapdragon” asosidagi telefonlarga dasturiy ta’minot va apparat integratsiyasini osonlashtirish bo‘yicha shartnoma tuzgan.
Shuningdek, u “Polar ID"ni Isocell Vizion 931 tasvir sensoriga olib kelish uchun “Samsung” bilan hamkorlikni e’lon qildi.
“Polar ID” Android smartfonlarida 2025-yildan oldin paydo bo‘lishi kutilmoqda.