O‘zbekistonda ishlayotgan metan “zapravka"lar soni deyarli ikki barobarga kamaydi, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

3-mart kuni 237,1 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 42,3 mln kubometr yondirildi tabiiy gaz, 20,4 ming tonna ko‘mir va 10,8 ming tonna mazut yoqilgan.

Iste’molchilarga 227,5 mln kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berildi, uning 9%dan ortig‘i Turkmanistondan import qilindi.

Yakshanba kuni magistral gaz quvurlarida gaz bosimining keskin tushib ketishi hamda aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabining ortishi sabab, kunning tig‘iz vaqtlarida 960 MVtgacha cheklovlar kiritildi. Bu 27-fevraldagi ko‘rsatkichdan (700 MVt) ancha yuqori.

Aholini va ijtimoiy soha obyektlarini gaz bilan ta’minlash maqsadida mamlakatdagi barcha AGTKShlar faoliyati mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida amalga oshirilmoqda. 18-fevraldan ular faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritilgandi. 22-fevraldan bosqichma-bosqich olina boshlandi.

Soni 550tadan 280tagacha qisqartirilgan metan “zapravka"lar orqali 2,57 mln kubometr tabiiy gaz sotilgan. (Payshanba kuniga nisbatan -30,6%).

Avtomobillarga gaz quyish stansiyalari orqali 390 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Bu esa 29-fevralga nisbatan 45%ga kam.

Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalariga 1,16 ming tonna benzin yetkazib berilishini ta’minladi. Bu payshanba kungi yetkazib berilgan hajmdan deyarli to‘rt baravar kam.

Shu bilan birga, kompaniya benzin yetkazib berishning qisqarishi aholining dam olish kunlaridagi talabini qondirish uchun juma kuni yoqilg‘i quyish shoxobchalariga ko‘proq hajmda yetkazib berilayotgani bilan bog‘liqligini ta’kidlagandi.

Avvalroq Qoraqalpog‘istondagi 7ta “zapravka"da sifatsiz benzin sotilgani aniqlangani haqida xabar berilgandi.