Fuqarolar Belarusga tekstil korxonasiga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ish turi — paxta, sintetik matolarga ishlov berish va bo‘yash. Ish haqi $500−600ni (soliqlar to‘langandan keyin) tashkil etadi.
Ish vaqti 5 kun 8 soatdan. Ish beruvchi hisobidan yotoqxona, aviachipta, tibbiy ko‘rik hamda ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma xarajatlari qoplab beriladi.
Ovqatlanish xarajatlari ishchilarning o‘z hisobidan amalga oshiriladi.
Nomzodlar 18−45 yoshgacha (erkak va ayollar) va tajribaga ega bo‘lishi kerak.
Shu bilan birga, rus tilini bilish, sudlanmagan hamda O‘zbekistondan chetga chiqish taqiqlanmagan bo‘lish talab etiladi.
Ishlash istagida bo‘lgan nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Batafsil ma’lumotlarni 71 202−33−55, 71 200−00−61 yoki 1282 qisqa raqamidan olish mumkin.
Avvalroq fuqarolar Germaniyaga ishga taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi. Maosh 1800 yevrodan boshlanadi.