Kanadada eski iPhone smartfonlarining ataylab sekinlashishiga duch kelgan foydalanuvchilar tomonidan qo‘zg‘atilgan sud da’vosi bo‘yicha munozaralar davom etmoqda.

Bahslarni hal qilish uchun “Apple” jabrlanuvchilarga $14,4 mln to‘laydi, deb yozadi “9to5Mac” nashri.

Muammo besh yil oldin — 2017 yil fevralida paydo bo‘lgan. iPhone 6, 6 Plus, 6s, 6s Plus, SE, 7 va 7 Plus modellari egalari o‘z qurilmalarini o‘sha paytdagi joriy iOS 10.2.1 proshivka versiyasiga yangiladilar. Natijada, gadjetlar sekin ishlay boshlagan.

“Batterygate” deb nomlangan ish “Apple” kompaniyasi foydalanuvchilarni ogohlantirmasdan eski telefonlarni ataylab sekinlashtirganini aniqladi. Kompaniya buni mijozlarga g‘amxo‘rlik qilish bilan izohladi. Taxminlarga ko‘ra, faqat protsessor tezligini kamaytirish batareyaning ishlash muddatini uzaytirishi va qurilmalarning to‘satdan o‘chib ketishining oldini olishi mumkin.

Jabrlanuvchilar texnologiya brendining izohidan qoniqmadi. Ular jamoaviy da’vo bilan sudga murojaat qilishdi.

Unda ular “Apple” o‘z manfaati uchun qurilmalarning ishlashi va avtonomiyasini o‘zgartirib, foydalanuvchilarni eski va sekin telefonlardan voz kechib, yangilarini sotib olishga majbur qilishini ta’kidladilar.

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, eski iPhone’ning har bir zarar ko‘rgan foydalanuvchisi $17,50dan $150gacha bo‘lgan kompensatsiyani kutishi mumkin.

Aniq miqdor qancha odam tovon olish uchun murojaat qilganiga bog‘liq. Bahsni pul yo‘li bilan hal qilish butun Kanadada amal qiladi, Kvebek shahri bundan mustasno.


Avvalroq “Spot” “Apple” AQShdagi mijozlariga tovon puli to‘lashni boshlashi haqida yozgandi.

Bunga iPhone’ning eski batareyalar bilan ishlashi ataylab sekinlashgani sababli berilgan da’vo arizasi sabab bo‘lib, har bir mijoz uchun to‘lov $97,12ni tashkil qiladi.