“Instagram” foydalanuvchilarga yuborilganidan keyin 15 daqiqa ichida shaxsiy xabarlarni tahrirlashga ruxsat berdi.

Buni amalga oshirish uchun xabarni bosib ushlab turish va ochiladigan menyuda “Tahrirlash” funksiyasini tanlash kerak.

Shundan so‘ng, xabar ustida “Tahrirlangan” belgisi paydo bo‘ladi. Ilgari, agar suhbatdoshdan xatolikni yashirish uchun, yuborishni bekor qilish va butun matnni o‘chirib tashlash kerak edi.

Bundan tashqari, ilova xabarni o‘qish yorlig‘ini yashirishga ruxsat berdi. Buning uchun sozlamalarga o‘tish, “xabarlar va hikoyalarga javoblar” bo‘limini topish va undagi “O‘qilgan bildrishnomalarni ko‘rsatish"ustunini tanlash kerak.

Boshqa yangilanishlar orasida chatda yuborilgan stikerlar yoki qidiruvdagi stikerlarni sevimlilar sifatida belgilash imkoniyati mavjud.

Buni uchun yoqtirgan rasmni uzoq vaqt bosib, “Sevimlilarga qo‘shish” funksiyasini tanlash orqali qilish mumkin. Ushbu stikerlar alohida bo‘limda paydo bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, yaqin orada kompaniya shaxsiy xabarlarda uchtagacha chatni “pin” qilish imkonini beradi. Biroq bu funksiya qachon taqdim qilinishu noma’lum.

instagram, shaxsiy xabar


Avvalroq “Spot” “Instagram” “Stories"da sun’iy intellekt yordamida fonni almashtirish funksiyasini qo‘shishi haqida yozgandi.

Mazkur funksiyadan foydalanuchilar tavsiyaviy fonlardan yoki o‘zining variantini yaratib foydalanishi mumkin.