Markaziy Osiyodan kelgan mehnat muhojiri Moskvada oyiga o‘rtacha 54,5 ming rubl maosh oladi. Bu haqda Moskvadagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Potyayevaga tayanib “Kommersant” nashri xabar berdi.
Ma’lumot Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan kelgan ishchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovdan so‘ng ma’lum bo‘ldi.
So‘rovnoma 2023-yil sentabr oyida 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 900 nafar mehnat migrantlari (Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan teng nisbatda) o‘rtasida o‘tkazilgan.
Unga ko‘ra, respondentlarning 54,4%i ish haqini konvertlarda — oyiga o‘rtacha 54,5 ming rubl bayonnomasiz naqd pulda, taxminan 30%i bank kartasida oladi.
Qayd etilishicha, qurilish ishlari O‘zbekiston fuqarolari orasida eng mashhur hisoblanadi (respondentlarning to‘rtdan bir qismi shunday javob bergan).
Tojikistondan kelganlar esa kimyoviy tozalash, sartaroshxonalar va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida (respondentlarning 31,8%i; bu, ehtimol, yetkazib berishni ham o‘z ichiga oladi).
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistondan kelganlarning atigi 5%i va Tojikiston va Qirg‘izistondan 12% savdo bilan shug‘ullanadi.
Avvalroq “Spot” 2023-yilda Rossiyadan O‘zbekiston pul o‘tkazmalari hajmi deyarli ikki barobarga kamaygani haqida yozgandi.
Bunga rublning o‘zgaruvchanligi, inflyatsiyaning o‘sishi hamda migratsiya oqimining qisqarishi ta’sir qilgan.
Shuningdek, Rossiyada 7-yanvardan migrantlarga oid yangi buyruq kuchga kirishi haqida xabar berilgandi.
Unga ko‘ra, ular ishga joylashgani to‘g‘risida Rossiya Ichki ishlar vazirligini oldindan xabardor qilishi kerak bo‘ladi.
Bunda patent olgan migrantlar ishga joylashgani haqida bildirishnomani ikki oy ichida tegishli organga taqdim etadi: