To‘qqiz oydan ko‘proq vaqt ichida birinchi marta Ilon Mask dunyodagi eng boy odam bo‘lishdan to‘xtadi, deb yozadi “Bloomberg”.

Dushanba kuni “Tesla” kompaniyasi aksiyalari 7,2%ga tushganidan keyin, Mask “Bloomberg Billionaires Index"ning yuqori pog‘onasidagi o‘rnini Jeff Bezosga boy berdi.

60 yoshli “Amazon” asoschisi Jeff Bezos 2021-yilda birinchi marta “Bloomberg"ning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagandi.

Hozirda Bezosning boyligi $200,3 mlrdni, Maskning boyligi esa $198 mlrdni tashkil qilmoqda.

Kuchli uchlikni $197 mlrd bilan “LVMH” (Louis Vuitton Moet Hennessy) kompaniyalar guruhi egasi fransiyalik Bernard Arno yakunladi.

Undan keyingi o‘rinni “Meta"asoschisi Mark Sukerberg $179 mlrd bilan eggalagan bo‘lsa, kuchli beshlikni $150 mlrd bilan “Microsoft” asoschisi Bill Geyts yakunladi.

Kuchli o‘ntalikda Stiv Balmer ($143 mlrd), Uorren Baffet ($133 mlrd), Larri Ellison ($129 mlrd), Larri Peyj ($122 mlrd) va Sergey Brin ($116 mlrd) bor.


2023-yilning dekabr oyida Ilon Mask “Forbes” talqini bo‘yichadunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egallagandi.

O‘sha paytda “SpaceX” va “Tesla” kompaniyalari egasining boyligi $251 mlrdga baholangandi.

Ikkinchi o‘rinni Amerikaning “Amazon” korporatsiyasi asoschisi Jeff Bezos $161 mlrd boylik bilan egalladi.

Uchinchi o‘rinda “Oracle” korporatsiyasi asoschisi va sobiq bosh direktori Larri Ellison $158 mlrd bilan turibdi.