“Telegram” messenjeri Android va iOS uchun 10.9 versiyasiga yangilandi. Bu haqda “Telegram Info” kanali xabar berdi.

Ushbu yangilanish bilan “Telegram” biznes uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha imkoniyatlar to‘plami bilan to‘ldirildi. Bu xususiyatlar tadbirkorlarga o‘z mijozlari bilan muloqot qilishni osonlashtiradi.

Endi foydalanuvchi salomlashish va avtomatik javoblarni sozlashi va ish vaqtini belgilashi mumkin.

Suhbat sozlamalarida salomlashishni tanlash, holatni o‘rnatish, shuningdek, “ochilish soatlari” yorlig‘ini to‘ldirish mumkin. Ushbu parametrlar belgilangan vaqt oralig‘ida o‘rnatiladi.

“Tezkor javoblar” bo‘limida xabar shablonlarini tayyorlash va ularni foydalanuvchilarga yuborish mumkin. Shablonlar media fayllari va formatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, “Stories"da tovarlar yoki xizmatlar bilan fotosuratlar va videolarni nashr etish, shuningdek, ism yonida biznes holatini o‘rnatish imkoniyati mavjud.

Bundan tashqari, profilda paydo bo‘ladigan manzilni qo‘lda yoki karta orqali kiritish mumkin bo‘ldi.

biznes premium, telegram


Avvalroq “Spot” mart oyidan boshlab “Telegram” kanallari egalari kanallarida joylashtirilgan reklamadan tushgan daromadning 50%ini olishlari mumkinligi ma’lum bo‘lgandi.