ANORBANK mamlakat moliya bozoridagi darajasini mustahkamladi. 2023-yildagi natijalar ANORBANK muvaffaqiyat va barqaror o‘sish sari harakatlarini tasdiqladi. Sof foyda, mijozlar bazasi va kredit portfelining o‘sishi kabi ko‘rsatkichlar ANORBANK `ning O‘zbekiston moliya bozoridagi ahamiyatli o‘rnini ko‘rsatdi.

Moliyaviy ko‘rsatkichlar

Bankning 2023-yildagi sof foydasi 139,5 mlrd so‘mga yetdi. Bu natija bank tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy strategiyalarning barqarorligi va samaradorligidan dalolat beradi. O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaganidan beri ANORBANK uchun har yili ohiri foyda bilan yakunlanib kelmoqda.

Moliyaviy natijalari

Bank va uning xizmatlariga qiziqish tobora ortib bormoqda: ANORBANK ilovasi 7,8 mln martadan ortiq yuklandi. Ro‘yxatdan otgan foydalanuvchilar soni ham o‘sib, bu ko‘rsatgich 4 mlndan ortiq kishini tashkil etdi.

Kredit va depozit faoliyati

ANORBANK o‘zining kredit va depozit portfelini muvaffaqiyatli rivojlantirishni davom etmoqda. Jismoniy va yuridik shaxslarning umumiy kredit portfeli 3,1 trln so‘mdan oshdi. Jismoniy va yuridik shaxslarning omonatlari 3,7 trln so‘mdan oshgan.

Asosiy ko‘rsatkichlar

Bank 1,8 mln debet kartalarini chiqarish bilan nafaqat jismoniy shaxslar orasida, balki 9500 teng kompaniyalar bazasiga ega yuridik shaxslar orasida ham talabga ega.

Bundan tashqari, ANORBANK o‘zining birinchi mahsulotlaridan biri — ANOR muddatli to‘lov kartasini rivojlantirishni davom ettirmoqda. Muddatli to‘lovning hamkorlar tarmogi 5261 kompaniyalardan iborat. Maishiy texnika va elektronika, zargarlik buyumlari, kiyim-kechak va poyabzallar, turizm kabi mahsulotlar mijozlar orasida talabga ega bo‘lib kelmoqda.

Faol mijozlar soni 75 minga yetdi. Ular orasida limitlar yangilanishi ijobiy izohlarga sabab bo‘ldi, bu degani, mijozlar muddatli to‘lo‘vning qulayligi va moliyaviy afzalliklarini his qilganligidan dalolat beradi. 2023-yil yakuniga ko‘ra jami tasdiqlangan mablag‘lar summasi 550 mlrd so‘mga yetdi, ishlatilgan summa esa 290 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2023-yilda bank mijozlarga yangi mahsulotlar, jumladan UZCARD Duo kartasi va yuqori foiz stavkali — 27% bo‘lgan omonatlarni taqdim etdi.

Bank tashrif buyuruvchilari va mijozlari uchun to‘liq qulayliklar yaratildi. 2023-yilda ANORBANK barcha savdo ofislarida oflayn kassa apparatlarini ishga tushirdi. Bu mijozlar naqd puldagi operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun imkon yaratdi. Bular:

  • kreditni so‘ndirish;
  • kartalar va omonatlarni to‘ldirish;
  • yuridik shaxslar inkassatsiyasi.

Kelajakdagi rejalar

ANORBANK rahbariyati bankning kelgusidagi muvaffaqiyatlariga ishonadi va oldiga ulkan maqsadlar qo‘ygan. Bank mijozlar bazasini yanada ko‘paytirish va xizmatlar sonini kengaytirishga intilmoqda.

Bundan tashqari, ANORBANK barcha mijozlar uchun maksimal qulaylik va xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida o‘zining raqamli platformasini faol rivojlantirishni reja qilgan.

Ilovani Google Play va App Store yuklab olish mumkin.

Sayt: anorbank.uz
Facebook: fb.com/anorbank
Telegram: t.me/anorbank
Instagram: @anorbank

Reklama huquqlari asosida.