5-mart kuni prezident 8-mart — xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘zbekistonlik xotin-qizlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan samarali mehnati, tajribasi bilan mamlakatdagi islohotlarda faol qatnashib, tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlashga hissa qo‘shayotgan xotin-qizlar orden va medallar bilan mukofotlandi.
Ular qatorida davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan xotin-qizlar ham bor.
Quyida taqdirlanganlar ro‘yxati:
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
- Raximova Rayxon Abdurasulovna — Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish o‘quv kursi direktori.
“Do‘stlik” ordeni bilan
- Voxidova Matlubaxon Manonovna — So‘x tumanidagi “Mulki Bovohid” MChJ rahbari, Farg‘ona;
- Djakeyeva Zamira Derbisovna — Tomdi tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i, Navoiy;
- Sergeyeva Yuliya Vladimirovna — O‘rta Chirchiq tumanidagi “Kim Pen Xva chorva” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent;
- Xodjayeva Sayyora Ataxanovna — Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori;
- Sherova Saodat Otajanovna — Shovot tumanidagi “Shovot qal’a bioservis” MChJ rahbari, Xorazm.
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
- Tashmatova Zulfiya Azizovna — Chilonzor tumanidagi “Ko‘rkam” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri.
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
- Normurodova Ma’rifat Egamurodovna — Sherobod tumanidagi “Euro Med Plus” diagnostika va davolash markazi rahbari, Surxondaryo.
“Sog‘lom turmush” medali bilan
- Xalikova Olga Andreyevna — Yuqori Chirchiq tumani sport maktabi direktori, Toshkent.
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
- Atadjanova Dildora Adilbek qizi — Sergeli tumanidagi “Dalatech Systems” MChJ rahbari, Toshkent shahri.
“Shuhrat” medali bilan
- Abdug‘ofurova Feruzaxon Tojimatovna — Buloqboshi tumanidagi “To‘lan fayz” MChJ direktori, Andijon;
- Bobokulova Gulnora Normatovna — Jizzax shahridagi “Zilol” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Jizzax;
- Giyozova Inobat Sulaymonovna — Parkent tumanidagi “Kumushkon saxovati” oilaviy turizm korxonasi direktori, Toshkent;
- Dulabova Nafisa Yusupovna — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining regional va rudali geologiya bo‘limi boshlig‘i;
- Karimberdiyeva Dilbar Ziyatdinovna — To‘rtko‘l tumanidagi “Ayaz yurt” oilaviy turizm korxonasi direktori, Qoraqalpog‘iston;
- Koshipjonova Uktamxon Salimovna — Toshloq tumanidagi “Zamin Aziya Farm” MChJ ta’sischisi, Farg‘ona;
- Qodirova Nodira G‘ofurovna — Rishton tumanidagi “Olimjon Ilyosbek” MChJ rahbari, Farg‘ona;
- Toshmatova Xakimaxon Raximjonovna — Namangan shahridagi “Mega Star Flowers” MChJ rahbari, Namangan;
- Egamberdiyeva Xurshida Primkulovna — Boyovut tumanidagi “Ibrat asademy” o‘quv markazi rahbari, Sirdaryo.
Avvalroq O‘zbekiston Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksida o‘z reytingini yaxshilagani haqida xabar berilgandi. Bank ish haqi va nikoh ko‘rsatkichlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar mamlakatning reytingdagi o‘rnini yaxshilashga ijobiy ta’sir qilganini qayd etdi.