Markaziy bankning 2024-yil 7-mart holati bo‘yicha bergan ma’lumotlariga ko‘ra, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 510 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 5-mart kuni belgilangan qiymatga nisbatan bir kunda 15 so‘m 53 tiyinga arzonladi.

7-mart kuni aksariyat banklarda sotish kursi 12 510 so‘mdan 12 575 so‘mgacha belgilandi.

Eng maqbul sotish kursi “Xalq banki"da — 12 490 so‘m. “KDB Bank Uzbekistan"da esa sotish narxi 12 575 so‘mni tashkil etmoqda.

Shuningdek, banklarda sotib olish narxi 12 410 so‘mdan 12 470 so‘mgacha belgilandi. Eng arzon xarid narxi “Xalq banki” tomonidan taklif etilmoqda — 12 410 so‘m.

4-mart kuni valyuta birjasida dollar kursi yangi maksimal darajaga ko‘tarildi. Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 525 so‘m etib belgiladi.