Rossiyaning “Becar Asset Management” kompaniyasi O‘zbekiston klining xizmatlari bozoriga kirmoqchi. Bu haqda kompaniya asoschisi va prezidenti Aleksandr Sharapovga tayanib, “Noviy prospekt” xabar berdi.
Aleksandr Sharapovning qayd etishicha, “Becar” hozirda klining bozorida “Yandex” ofislari va kovorking maydonlariga xizmat ko‘rsatadi.
Kompaniya portfelida 10ta obyekt mavjud bo‘lib, uni chakana savdo obyektlari va mehmonxonalarga kengaytirish bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda.
“Becar Asset Management” klining biznesidan tashqari, O‘zbekistonda ko‘chmas mulk loyihalarini ishga tushirishni ham rejalashtirmoqda.
Shuningdek, mamlakat ishlab chiqaruvchilari bilan “We & I” mehmonxonasini va “You & Co” kolivingini ochish muhokama qilinmoqda.
Mazkur loyihalar ishga tushirilgandan so‘ng kompaniya ularni yuritishni o‘z zimmasiga oladi. Shuningdek, ikkala format ham alohida-alohida binolarda yoki bittasida amalga oshirilishi mumkin.
Top-menejeri obyekt 300−500 xonaga mo‘ljallanib, umumiy maydoni 10−15 ming kvadrat metr bo‘lishini ta’kidladi. Loyihani amalga oshirish muddati 2−3 yilni tashkil etadi.
“Becar Asset Management” kompaniyasi 1992-yilda tashkil etilgan. Kompaniya ko‘chmas mulk bozorida konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, rivojlantirish, boshqarish va tozalash faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Vertical Hospitality, You & Co, We & I va Vertical Boutiquye, Grow Up brendlari ostida ishlaydi. U Rossiya Federatsiyasida umumiy maydoni 8 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan obyektlarni boshqaradi. Shuningdek, BAA, Kipr, Buyuk Britaniya, AQSh va Portugaliyadagi ko‘chmas mulk. Sankt-Peterburg, Moskva va Londonda ofislari mavjud.