Germaniyaga yuk mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlariga fuqarolar taklif etiladi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nomzodlar 20 yoshdan 40 yoshgacha, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnikum yoki kollej diplomi va tajribasi ega bo‘lishlari kerak.

Gyote, ECL, ÖsD yoki TELCdan olingan nemis tili bo‘yicha kamida A2 sertifikati, “Ausbildung” uchun maktab shaxodatnomasi va nemis tili bo‘yicha kamida B1 sertifikati talab etiladi.

Shuningdek, nomzodlar sog‘lom, xushmuomala, mas’uliyatli bo‘lishlari zarur.

Oylik maosh 1700 yevrodan boshlanadi (soliqlar ushlangandan keyin). “Ausbildung” uchun 3 yil davomida stipendiya berib boriladi. Bu oyiga 900 yevrodan boshladi.

Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan qoplab beriladi. Bundan tashqari, arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko‘maklashiladi.

Qabul qilinganlar bilan sinov muddatidan so‘ng uzoq muddatli mehnat shartnomasi tuziladi. Bir yilda 30 kun ta’til mavjud.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Batafsil ma’lumotlarni 71 202−33−55, 71 200−00−61 yoki 1282 qisqa raqamlaridan olish mumkin.

Avvalroq fuqarolar Germaniyaga ishga taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi. Maosh 1800 yevrodan boshlanadi.