Banklardagi mikroqarzlar: 2024-yil mart oyi bo‘yicha
Mikrokreditni 21ta bankda olish mumkin bo‘lib, 10 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha beriladi.
Xorijdagi o‘zimiznikilar: “Visa” kompaniyasi dasturchisi Tohirjon Soliyev hikoyasi
Tohirjon dastlab dasturchilikni o‘rganishga qiynalgani, bakalavrni tugatib Java’da o‘qigani, birinchi topgan $700i, universitetni tashlab ketgani va Visa’dagi sharoitlar haqida Spot’ga so‘zlab berdi.
Toshkentdagi IT-kurslar: o‘quv markazlari, yo‘nalishlar, manzillar va ularning narxi
“Spot” IT bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida ta’lim beradigan markazlar haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamladi.
Samolyot dvigatellarini ishlab chiqarishdan avtomobil sanoatigacha — “BMW” tarixi
Mazkur maqolada nemis avtokonserni qanday paydo bo‘lgani, uning asoschisi hamda rivojlanish tarixi haqida ma’lumotlar berilgan.
Haftaning asosiy yangiliklari
- AQShga noqonuniy kirgan o‘zbekistonliklar deportatsiyasi davom etadi.
Amerika elchixonasi mamlakatga tashrif buyurishni xohlovchilarni xavfsiz va ishonchli marshrutlardan foydalanishga chaqirmoqda. - Endi pedagoglar kasbiy sertifikatni onlayn olishlari mumkin.
Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish imkoniyati yaratildi. Birinchi marta ishtirok etuvchilar bepul ariza jo‘natishlari mumkin. - “Humo Air” samolyotlarini Bolgariyaning “Fly2Sky” lizing kompaniyasiga qaytardi.
Loukoster aviakompaniya yangi hamkor bilan shartnoma imzolaydi va xalqaro reyslarga e’tibor qaratadi. - O‘zbekiston Ayollar, biznes va qonun indeksida o‘z reytingini yaxshiladi.
Jahon banki mamlakatda ish haqi va nikoh ko‘rsatkichlari bo‘yicha tenglikni ta’minlashga erishilganini qayd etdi. - Toshkentda avtomobillarni diagnostika qilish markazi ishga tushdi.
Endilikda avtomobildan chiqayotgan zararli moddalar miqdori tekshirilib, uning natijasi asosida mashinaning old oynasiga stikerlar yopishtiriladi. - 20-martdan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar yo‘nalishlari yagona tarifga o‘tadi.
Bunda yo‘lovchilar har bir zona uchun alohida emas, yagona zonada to‘lovlarni amalga oshiradilar. - O‘zbekistonda ayollar ko‘proq qaysi sohada ishga taklif qilinadi?
Qayd etilishicha, ular tibbiyot, ta’lim muassasalari, buxgalteriya, xodimlarni boshqarish, san’at va madaniyat sohasida ishlashga chaqiriladi. - Markaziy bank mikromoliya banklari faoliyatiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda.
Mazkur kredit tashkilotlari uchun ustav kapitali miqdori 50 mlrd so‘mdan 500 mlrd so‘mgacha belgilanadi. - Samarqand va Qarshiga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
“Afrosiyob” elektropoyezdining Samarqandga harakati 21, 22, 23, 24, 25-mart kunlari, Qarshiga esa 20, 21-mart kunlari amalga oshiriladi. - O‘zbekistonda xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilishga 15 trln so‘m ajratiladi.
Yoshlar daftariga kiritilgan 8 ming nafar xotin-qizga o‘z biznesini boshlashi va mehnat qurollarini xarid qilishi uchun subsidiya, 10 ming nafariga imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
Lenovo MWC 2024‘da telekommunikatsiya kompaniyalari uchun SI yechimlarini taqdim etdi
Kompaniyaning bunday yechimlari sunʼiy intellekt ilovalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va energiya sarfini kamaytirishga yordam beradi.
Yuqori ko‘rsatkichlar va keyingi qadamlar: ANORBANK 2023-yil yakunlarini e’lon qildi
Natijalar bilan o’rtoqlashib, bank O’zbekiston moliya bozoridagi mavqeini, shuningdek, muvaffaqiyatga erishish istagini ta’kidladi.
Nivea Tesla Model 3 bosh sovrini bilan “Orzungizga ha deng” aksiyasini o‘tkazmoqda
Nivea brendi Tesla Model 3 ning baxtli egasi bo‘lish uchun noyob imkoniyatni taqdim etuvchi “Orzungizga ha deng” aksiyasida ishtirok etishga taklif qilmoqda. Aksiya 15 yanvardan 15 martgacha amal qiladi.