10-mart kuni elektr stansiyalar orqali 238,9 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu rejadagiga nisbatan 4% ko‘p bo‘lib, buning uchun issiqlik stansiyalarida 48,2 mln kubometr tabiiy gaz, 16,8 ming tonna ko‘mir hamda 4 ming tonna mazut yoqilgan.
Turkmanistondan 15,6 mln kVt/soat elektr energiyasi import qilindi. Iste’molchilarga 223,4 mln kVt/soat, (rejaga nisbatan 8% ko‘p) elektr energiyasi, 145,6 mln kubometr, (9% ko‘p) tabiiy gaz yetkazib berildi.
Tabiiy gaz bosimining me’yoriy sxemaga qaytishi sabab, 18-fevraldan elektr energiyasi ta’minotiga o‘rnatilgan cheklovlar bekor qilindi. 8-martdan elektr energiyasi yetkazib berishda hech qanday cheklovlar qo‘llanilmayapti.
Yakshanba kuni 1 325ta AGTKShlar orqali jami 13,41 mln kubometr tabiiy gaz sotildi. Bu miqdor 7-mart kuni 14,91 mln kubometrni, 8-mart kuni 15,12 mln kubometrni, 9-mart kuni esa 15 million 614 ming kubometrni tashkil qildi.
Shuningdek, avtomobillarga gaz quyish stansiyalari orqali jami 270 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazildi. “O‘zbekneftgaz” tomonidan barcha AYoQShlarga 661 tonna avtobenzin yetkazib berildi.
Joriy yilning 18-fevralidan AGTKShlar faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilgandi. 22-fevraldan bu cheklovlar mahalliy hokimliklar bilan kelishilib, reja-grafik asosida bosqichma-bosqich olina boshlandi. 7-martdan ularning faoliyati tiklandi.