“Uzbekistan Airways” “Toshkent — London” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha reys ochilganini ma’lum qildi.

Aviatashuvchi “Xitrou” aeroportiga reyslardan tashqari “Gatvik” aeroportiga reyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Parvozlar 7-apreldan boshlanibb har yakshanba kuni amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali (har ikki aeroport uchun mahalliy vaqt):

  • Toshkentdan uchish — 10:55, Londonga kelish — 14:35;
  • Londondan uchish — 16:10, Toshkentga yetib kelish soat — 03:00.

Milliy aviakompaniya 2021-yil avgust oyida COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan keyin Buyuk Britaniya poytaxtiga parvozlarni qayta tikladi.

Hozirda shaharlar o‘rtasida haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari parvozlar amalga oshirilmoqda.


Avvalroq “Spot” “Qanot Sharq” Toshkent-Praga yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yayotgani haqida yozgandi.

Muntazam aviaqatnovlar joriy yilning 18-aprelidan boshlanib, haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshiriladi.