O‘zbekistonliklar Buyuk Britaniyaga hamshiralikka ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nomzodlar tibbiyot texnikumi (yoki Oliy hamshiralik ishi) bitiruvchisi, IELTS 7 yoki OET 3,5 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishlari kerak.

Bundan tashqari, sudlanmagan talab etiladi.

Loyiha afzalliklari:

  • ish haqi $3000dan boshlanadi;
  • oilani olib ketish imkoniyati;
  • Buyuk Britaniyada akkreditatsiyadan o‘tkazilgan;
  • mehnat sharoitlari (nafaqa, sug‘urta, ta’til, bepul tibbiy xizmat) Buyuk britaniya hamshiralari bilan bir xil.

Qo‘shimcha imkoniyatlar:

Samarqand shahrida joylashgan Medecon universitetida ingliz tilini bilmaydigan hamshiralarga OET, CBT va OSCE maxsus kurslari tashkil etilgan.

OET imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga imtihon, viza, sug‘urta, aviachipta va Buyuk Britaniyada yashash joy (dastlabki 2 oy uchun) xarajatlari qoplab beriladi.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ingliz tili kursi va OET haqida batafsil bu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Murojaatlar Migratsiyasi agentligining 71 202−33−55, 71, 200−00−61 yoki 1282 qisqa raqami orqali qabul qilinadi.

Shuningdek, OET til sertifikati va o‘qish haqida ma’lumotlarni Medecon universitetining +998 88 800−80−80 va +998 91 030−30−30 raqamlaridan olish mumkin.

Avvalroq Germaniyaga yuk mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlariga fuqarolar taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi.