Ilon Maskga tegishli “X” ijtimoiy tarmog‘i (sobiq Twitter) Smart TV ko‘magiga ega “Amazon” va “Samsung” televizorlari uchun ilovani ishga tushiradi.

Yangi ilova “YouTube"ga o‘xshash bo‘ladi, deya xabar berdi “Fortune” nashri.

Ilova kelasi hafta ishga tushirilishi kutilmoqda. Bu televizorlarga o‘rnatilgan “YouTube” ilovasi bilan bir xil ko‘rinadi.

Qayd etilishicha, Ilon Mask “YouTube” bilan raqobatlashmoqchi. U ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini katta ekranda uzun videolarni tomosha qilishga va blogerlar va reklama beruvchilarni platformaga jalb qilishga ishontirmoqchi.

Avvalroq Ilon Mask Gmailning analogini yaratishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Mask “X” ijtimoiy tarmog‘ida tez orada elektron pochta xizmatini ishga tushirishi mumkinligiga ishora qilgan.

Bu voqea X kompaniyasining xavfsizlik muhandisi Neyt MakGreydi tvitterida “Gmail” yopilishi haqidagi soxta xabarlarga javoban “Biz qachon XMailni yaratamiz?” deb yozgan.

Maskning “Tez orada” degan qisqa javobi X kompaniyasining elektron pochta xizmatlari maydoniga kirishi mumkinligi haqidagi taxminlarni kuchaytirdi.


Avvalroq “Spot” Ilon Mask eng boy odamlar reytingida birinchi o‘rinni boy bergani haqida yozgandi.

Maskning o‘rnini $200 mlrd boylik bilan “Amazon” kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos egalladi.