Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasi Termiz va Sochi o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Shaharlar o‘rtasidagi reyslar 1-apreldan boshlab har hafta — dushanba kunlari amalga oshiriladi.

Yangi reys turistlar oqimini ko‘paytirish va O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaning janubiy viloyatlariga sayohatlarini soddalashtirish uchun mo‘ljallangan.

Yo‘nalishga “SSJ-100” samolyotlari xizmat ko‘rsatadi. “Adler” aeroportiga sayohat vaqti taxminan 3 soat 50 daqiqani tashkil qiladi.

2023-yil mart oyida “Azimut” Sochi va Urganch o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni boshladi.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha parvozlar har hafta chorshanba kunlari amalga oshirilgan.


Avvalroq “Spot” “Uzbekistan Airways Express” Farg‘ona-Sochi yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yayotgani haqida yozgandi.

Aviaqatnov 16-fevraldan boshlab haftada bir marta — juma kunlari amalga oshiriladi.