“Apple” kompaniyasi ilovalarni “App Store” do‘konidan tashqarida Yevropa Ittifoqidagi vakolatli ishlab chiquvchilar saytlaridan yuklab olishga ruxsat berishini e’lon qildi.
Buning uchun kompaniya ularga iOS integratsiyasi, zaxira nusxasini yaratish, tiklash va boshqalar uchun API’larga kirishni ta’minlaydi.
Yuklab olish faqat dasturchi tomonidan “App Store Connect"da ko‘rsatilgan saytdan mumkin bo‘ladi.
Ilovani o‘rnatish uchun foydalanuvchi iPhone sozlamalarida ishlab chiquvchini tasdiqlashi kerak bo‘ladi.
Veb-sayt orqali xizmatlarni taklif qilish uchun dasturchi “Apple Developer” dasturida ko‘rsatilgan Yevropa yuridik shaxsiga ega bo‘lishi kerak.
Shuningdek, ketma-ket kamida ikki yil davomida “Apple Developer” dasturining a’zosi bo‘lishi va o‘tgan kalendar yili uchun ilovaning Yevropa Ittifoqida o‘rnatilishi soni 1 mlndan ortiq bo‘lishi kerak.
Ishlab chiquvchilar yil davomida birinchi milliondan so‘ng har bir o‘rnatish uchun 0,5 yevro miqdorida asosiy texnologiya to‘lovi (CTF, Raqamli bozorlar to‘g‘risidagi qonun bilan belgilangan) to‘laydi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari, akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalari va davlat organlari to‘lovdan ozod qilinadi.
2024-yil yanvar oyida “Apple” Yevropa Ittifoqi foydalanuvchilariga o‘zi ma’qullagan muqobil do‘konlardan iOS ilovalarini yuklab olishiga ruxsat berishini e’lon qildi.
Shunday qilib, kompaniya o‘z ishini 2024-yil mart oyida Yevropaa Ittifoqida kuchga kirgan Raqamli bozorlar to‘g‘risidagi qonunga moslashtiradi.