Markaziy bankning 2024-yil 13-mart holati bo‘yicha, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12534,01 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 7-mart kuni belgilangan qiymatga nisbatan qariyb 31 tiyinga qimmatladi.

13-mart kuni “Hamkorbank"da sotish kursi 12590 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12575 so‘mdan 12490 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi 12410 so‘mdan 12500 so‘mgacha yetdi. Eng arzon xarid narxi “Xalq banki” tomonidan taklif etilmoqda — 12410 so‘m.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasining rasmiy kursi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tgandi. Undan keyin Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berdi.

Asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi sur’atining biroz tezlashishi kuzatildi.

Joriy yilning 4-mart kuni valyuta birjasida dollar kursi yangi maksimal darajaga ko‘tarildi. Regulyator AQSh valyutasining rasmiy kursini 12525 so‘m etib belgilagandi.