Yaponiyada “McDonald's” qovurilgan kartoshka fri hidli parfyumni chiqardi. Bu haqda ular “X” (ilgari Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkauntlarida ma’lum qilishdi.

8-mart kuni “McDonald's” yapon restoranlarida kartoshka fri hidli atirlar sotuvi boshlandi. Ularning narxi qancha ekanligi haqida ma’lumot berilmagan.

Parfyumning o‘zi uch xil hidga ega: klassik kartoshka fri, dengiz o‘tlari va tuzli kartoshka fri hamda qora qalampir va mayonezli kartoshka fri.

Atir idishi o‘ziga xos dizayn va shaklga ega bo‘lib, u qizil va sariq rangli qadoq dizayniga o‘xshaydi.

Avvalroq “McDonald's” “Big Mac” hidli dush gelini taqdim qilgandi.


Avvalroq “Spot” “Balenciaga” yopishqoq lenta shaklidagi bilaguzukni taqdim etgani haqida yozgandi.

Mazkur innovatsion dizaynli bilaguzuk narxi 3000 yevroni tashkil qilishi mumkin.

Bilaguzuk moda uyining yangi kuz-qish 2024/2025 kolleksiyasidan aksessuar hisoblanadi: