“X ijtimoiy tarmog‘i yangi “Maqolalar” funksiyasini taqdim etdi. Bu haqda tarmoq rasmiy sahifasifa ma’lum qilindi.

Buning yordamida Premium+ obunachilari va tasdiqlangan tashkilotlar xodimlari katta nashrlarni joylashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Qayd etilishicha, belgilar chegarasi — 100 ming belgi yoki taxminan 15 ming so‘z.

Maqolalar asosiy tahrirlash interfeysiga ega, shu jumladan matnni kursiv yoki qalin qilib formatlash imkoniyati bor.

Matnni chizish, shuningdek sarlavhalar, markirovka qilingan va raqamlangan ro‘yxatlar yaratish mumkin.

Maqolalarga media fayllarni kiritish mumkin. Funksiya 2022 yilda, Ilon Mask “Twitter"ni sotib olishidan oldin sinovdan o‘tkazila boshlandi.


Avvalroq “X” ijtimoiy tarmog‘i (sobiq Twitter) Smart TV ko‘magiga ega “Amazon” va “Samsung” televizorlari uchun ilovani ishga tushirishi haqida xabar berilgandi.

Yangi ilova “YouTube"ga o‘xshash bo‘ladi, deya xabar berdi “Fortune” nashri. Ilova kelasi hafta ishga tushirilishi kutilmoqda. Bu televizorlarga o‘rnatilgan “YouTube” ilovasi bilan bir xil ko‘rinadi.