Toshkent shahrida harakatlanuvchi 3-sonli avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.
16-martdan 3-sonli “O‘nqo‘rg‘on qo‘rg‘oni — Navro‘z bozori” avtobus yo‘nalishining harakati O‘nqo‘rg‘on qo‘rg‘oni bekatidan Usta Boboyev, Guliston, Chimkent yo‘li, Amir Temur ko‘chalari orqali Yunusobod dehqon bozori bekatigacha uzaytirildi.
Shuningdek, yo‘nalish nomi 3-sonli “Navro‘z bozori — Yunusobod dehqon bozori” avtobus yo‘nalishi deb nomlandi.
“2-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan mazkur avtobus yo‘nalishining jadvallari soni ish kunlari 8(+3)ta, shanba kuni 7(+3)ta va yakshanba kuni 7(+4)tani tashkil etadi.
Ish kuni 05:30dan 22:31gacha, shanba va yakshanba kuni 06:00dan 21:52gacha etib belgilandi.
Avvalroq prezident Toshkentda tirbandliklarni bartaraf etishga qaratilgan loyiha bilan tanishgandi. Loyiha poytaxtning Bobur va Furqat ko‘chalari kesishmasida sinov tarzida amalga oshirilgan.