Raqamli texnologiyalar vazirligi IT-sohasida yuqori daromad topish istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quuvatlashni rejalashtirmoqda.
Vazirlik ingliz, nemis, koreys, yapon va boshqa tillarda B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar orasida so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Bu orqali IT-xizmatlar eksport qiluvchi xalqaro kompaniyalarda ishlash imkoniyati yaratiladi.
IT-kompaniyalarda 10 mingdan ortiq chet tillarini mukammal biladigan yoshlarga talab mavjudligi qayd etilgan.
Buning uchun havola orqali so‘rovnomani to‘ldirish va shaxsiy ma’lumotlarni qoldirish kerak.
Vazirlik arizalar asosida yoshlar bilan bog‘lanib, IT-kompaniyalarga ishga joylashishlariga yordam beradi.
Joriy yilning 1-martidan xalqaro IT-sertifikatlar xarajatlarini qoplab berish miqdori oshirildi. Endi yoshlarga IT-sertifikat xarajatlarining 60%gacha qismi, agar ingliz tilidan sertifikat mavjud bo‘lsa, 100%i qoplab beriladi.
“Spot” IT-sertifikatlar uchun sarflangan mablag‘ning 50%gacha qismini qanday qaytarib olish mumkinligi haqida videoqo‘llanma taqdim etgandi.