Navro‘z bayrami arafasida Toshkent shahrining bir qancha bozorlari hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashkil qilingan bozorlar ro‘yxati quyida keltirilgan:
- Bektemir tumani — “Qo‘yliq dehqon bozori”;
- Mirobod tumani — “Mirobod dehqon bozori”;
- Mirzo Ulug‘bek tumani — “Navro‘z dehqon bozori”;
- Sergeli tumani — “Sergeli dehqon bozori”;
- Olmazor tumani — “Qora Qamish dehqon bozori”;
- Uchtepa tumani — “Farhod dehqon bozori”;
- Shayxontohur tumani — “Eski Juva dehqon bozori”;
- Yashnobod tumani — “Aviasozlar dehqon bozori”;
- Yunusobod tumani — “Yunusobod dehqon bozori” va “Oloy dehqon bozori”;
- Yakkasaroy tumani — “Askiya dehqon bozori”;
- Chilonzor tumani — “Chilonzor dehqon bozori”.
“Dam olish kunlari bozor hududida bayramona madaniy dasturlarini tashkilllashtirish ham rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, mazkur dehqon bozorlari 21-mart kuni ham ishlaydi.
Avvalroq Toshkentdagi supermarketlarda ayrim mahsulotlar narxi arzonlashgani kuzatildi. Bular qatorida karam, bodring, kungaboqar yog‘i hamda mol go‘shti bor.