“Apple” kompaniyasi bosh direktor Tim Kuk Xitoyda iPhone smartfonlariga talab pasayganini yashirib, aksiyadorlarni aldaganligi haqidagi da’voni hal qilish uchun $490 mln to‘lashga rozi bo‘ldi, deb yozadi “Reuters”.
Dastlabki kelishuv 15-mart kuni Kaliforniyaning Oklend shahridagi AQSh okrug sudiga topshirilgan.
Endi u tuman sudyasining roziligini talab qiladi. Asosiy da’vogar — Angliyaning Norfolk okrugi kengashi.
Da’voga ko‘ra, Kuk 2019-yil 2-yanvar kuni iPhone ishlab chiqaruvchisi o‘zining choraklik daromadi prognozini $9 mlrdgacha qisqartirishini aytdi va bunga AQSh hamda Xitoy o‘rtasidagi savdo ziddiyatlari sabab bo‘ldi.
Shu bilan birga, 2018-yilning 1-noyabrida kompaniya bosh direktori “Apple” Braziliya, Hindiston, Rossiya va Turkiya bozorlarida sotuvlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelganini, biroq “Xitoyni bu toifaga kiritmaganini” aytdi.
Bir necha kundan keyin “Apple” yetkazib beruvchilarni ishlab chiqarishni qisqartirish zarurligi haqida xabardor qildi, deya qayd etadi Reuters.
“Robbins Geller Rudman & Dowd” hamkoriaksiyadorlarar vakili Shon Uilyams bu qarorni guruh uchun ajoyib natija deb atadi.
Agentlikning aniqlik kiritishicha, kelishuv Kukning bayonoti va daromad prognozi o‘rtasidagi ikki oy davomida “Apple” aksiyalarini sotib olgan investorlarga tegishli.
Avvalroq “Spot” Yevropa komissiyasi “Apple"ni 1,8 mlrd yevro jarimaga tortgani haqida yozgandi.
Bunga “Spotify"ning “Apple” kompaniyasi “App Store” do‘konida uchinchi tomon musiqa ilovalari ishlab chiquvchilari uchun to‘lov belgilaganidan shikoyat qilgani sabab bo‘lgan.