“Reach Impex” Adliya vazirligiga “McDonald's” tovar belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza bilan murojaat qildi.

Tegishli yozuvlar Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portali bazasida 11-mart kuni 202401749 va 202401748 raqamlari ostida ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Kompaniya bir vaqtning o‘zida barcha toifalar bo‘yicha arizalarni topshirgan.

mcdonald’s, o'zbekiston

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reestri ma’lumotlarga ko‘ra, “Reach Impex” mas’uliyati cheklangan jamiyati Toshkent shahrida joylashgan. 2022-yilning 19-aprelida ro‘yxatdan o‘tgan. Ulgurji ixtisoslashtirilmagan savdo faoliyat turi sifatida ko‘rsatilgan.

Ustav kapitali 211,1 mln so‘m bo‘lgan kompaniyaning ta’sischilari Usmonov Bahodir Burxonovich (60%) va Abdujabbarov Abror Axralovich (40%) bo‘lib, u ham kompaniya rahbari lavozimini egallaydi.

mcdonald’s, o'zbekiston


Qozog‘istondagi “McDonald's” restoranlari 2022-yilning 18-noyabrida yopildi. “Food Solutions KZ” buni mahalliy yetkazib berishdagi cheklovlar tufayli to‘xtatilgani bilan izohladi.

2023-yil 5-yanvar kuni “McDonald's” Qozog‘iston bozoridan mahsulotlar, xususan, go‘sht yetkazib berishdagi muammolar tufayli chiqib ketishini e’lon qildi. O‘sha paytda “Vkusno-i Tochka” vakillari Amerika kompaniyasi bilan kelishuvlar tufayli Qozog‘istonda ishlash rejalari yo‘qligini e’lon qilishdi.

Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari “Vkusno-i Tochka” brendini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza haqida xabar berishganda, Rossiya kompaniyasi buni “brendni himoyasi” bilan izohladi. Kompaniya mahalliy “McDonald's” franshizasi bilan kelishuvlar yo‘qligini ta’kidlab, mamlakatga kirishni rad etdi.

Shu bilan, yanvar oyi oxiriga borib “McDonald's” brendi ostida faoliyat yurituvchi restoranlar brendsiz qayta ochildi. Avgustda sobiq McDonald’s restoranlarining nomi o‘zgardi. Yil oxiriga kelib, restoranlarning nomi yana o‘zgartirildi.