“Apple” kompaniyasi “Google"ning “Gemini” sun’iy intellekt mexanizmini iPhone’ga integratsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deya xabar berdi “Bloomberg” nashri.

Agar “Apple” va “Google” o‘rtasidagi kelishuv amalga oshsa, u ikki kompaniyaning qidiruv hamkorligiga asoslanadi.

Ko‘p yillar davomida “Alphabet"ning “Google” kompaniyasi o‘z qidiruv tizimini iPhone va boshqa qurilmalarda “Safari” veb-brauzerida standart variantga aylantirish uchun “Apple"ga har yili milliardlab dollar to‘lagan.

Ikki tomon hali sun’iy intellekt kelishuvining shartlari yoki brendi haqida qaror qabul qilishmadi va uni qanday amalga oshirishni ham hal qilishmagan.

Bitim “Gemini"ga milliardlab potensial foydalanuvchilarga nisbatan asosiy ustunlikni beradi.

Ammo bu, shuningdek, “Apple” o‘zining sun’iy intellekt borasidagi sa’y-harakatlarida ba’zilar kutganidek uzoqqa bormayotganligi va ikkala kompaniyaga nisbatan qo‘shimcha monopoliyaga qarshi tekshiruvlarga duch kelishining belgisi bo‘lishi mumkin.

Apple o‘zining sun’iy intellekt modellari asosida iPhone operatsion tizimining navbatdagi versiyasi iOS 18 doirasida yangi funksiyalarni tayyorlamoqda.

Ammo bu yaxshilanishlar bulut orqali yetkazib beriladiganlarga emas, balki kompaniya qurilmalarida ishlaydigan funksiyalarga qaratiladi.

Shunday qilib, “Apple” generativ sun’iy intellektni, jumladan, tasvirlarni yaratish va oddiy ko‘rsatmalar asosida insholar yozish funksiyalarini yaratishda og‘ir ishlarni bajara oladigan hamkorni qidirmoqda.


Avvalroq “Spot” “Apple” Yevropa Ittifoqiga dasturchilar saytlaridan ilovalarni yuklab olish imkonini berishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, yuklab olish faqat dasturchi tomonidan App Store Connect’da ko‘rsatilgan saytdan mumkin bo‘ladi.