“Microsoft” rossiyalik korporativ mijozlarga 2024-yil 20-martdan boshlab bulutli mahsulotlarga kirishni yopishi haqida xat yubordi, deb yozadi “RBC”.

"Microsoft" mahsulotlarining Rossiyadagi distribyutori “Softline” “Amazon"dan xuddi shunday ogohlantirish olganini tasdiqladi.

“Softline” qo‘shimcha qildiki, “Google” bulut xizmatlarining ishlashida ham cheklovlar bo‘lishi mumkin.

“Mualliflik huquqi egalarining xatlariga ko‘ra, shu kundan boshlab Power BI, Dynamics CRM va boshqa bulutli mahsulotlarga kirish to‘xtatiladi. To‘xtatib turish ushbu mahsulotlarni o‘z ichiga olgan bulutli yechimlarga ham ta’sir qiladi deb kutamiz”, deya ogohlantirdi kompaniya.

Maktubda “Microsoft” Yevropa Ittifoqining 2023-yil 19-dekabrdagi sanksiyalariga ishora qiladi, ular Rossiyaga biznes-tahlil dasturlari va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishni cheklaydi.

“Softline” yaqin kunlarda barcha kompaniyalarga barcha “Microsoft”, “Amazon” va “Google” bulut xizmatlaridan ma’lumotlarni zaxiralashni tavsiya qildi.

Tijorat sohasidagi ko‘plab kompaniyalar “Microsoft” mahsulotlaridan foydalanishda davom etishdi, dedi “RBC"ga IT bozoridagi manba.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “mijozlarning tanishlaridan biri bir hafta oldin u „Microsoft“ vakillari bilan uchrashganini va ular hech narsani o‘chirmasliklari haqida kafolat berganini aytdi”.

Shuningdek, u “sotib olish sxemalari boshqacha bo‘lgan, ammo ularni ommaga oshkor qilib bo‘lmaydi”, deb qo‘shimcha qildi.

2022-yil mart oyida “Microsoft” AQSh, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning sanksiyalari tufayli Rossiyada mahsulot va xizmatlarni sotishni to‘xtatdi.

Ammo distribyutorlar allaqachon sotilgan dasturlar uchun litsenziyalarni yangilashda davom etishdi.

“Microsoft” 2023-yil 30-sentabrdan boshlab Rossiya kompaniyalari uchun litsenziyalarni uzaytirishni to‘xtatdi.


Avvalroq “Spot” “Google” “Microsoft"ni bulutli hisoblashni monopollashtirishda ayblagani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, Microsoft generativ sun’iy intellekt kabi yangi texnologiyalarning rivojlanishiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan monopoliyaga intilmoqda.