“Mercedes-Benz” va umumiy maqsadli insonsimon robot ishlab chiqaruvchi “Apptronik” kelishuvni e’lon qildi. Bu haqda “vc.ru” nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra tomonlar “Mercedes-Benz” ishlab chiqarishida yuqori texnologiyali robototexnika ilovalarini o‘rganish uchun hamkorlik qiladi.

Kelishuv doirasida “Mercedes-Benz” kompaniyasi “Apptronik” kompaniyasining “Apollo” odamsimon robotining avtomobil ishlab chiqarishdagi turli vazifalarni, masalan, butlovchi qismlarni tekshirish vaqtida yig‘ish to‘plamlarini ishlab chiqarish liniyasiga yetkazib berish imkoniyatlarini sinab ko‘rish bo‘yicha tajriba loyihasini ishga tushirmoqda.

Reja “Apollo"ning keyinchalik ishlab chiqarish jarayonida to‘plam qismlarini yetkazib berish qobiliyatini sinab ko‘rishdan iborat.

“Apollo” odamsimon robotining bo‘yi 173 sm, og‘irligi 73 kgni tashkil qilib, u og‘irligi 25 kg gacha bo‘lgan yuklarni ko‘tarish qobiliyatiga ega.

U sanoat muhitida odamlar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga, “Apollo"ning hisoblash imkoniyatlari sun’iy intellektga dastlab yaratilgan foydalanish holatlarini kengaytirish imkonini beradi.

Press-relizga ko‘ra, inson shaklidagi robotlardan foydalanish “Mercedes-Benz” kabi kompaniyalarga odamlar uchun mo‘ljallangan bo‘shliqlarda ishlash uchun optimallashtirilgan robototexnika vositalarini o‘rnatishga yordam beradi va obyektlarni odamlardan ko‘ra asosan robotlardan foydalanish uchun qimmatga tushadigan to‘liq miqyosli qayta jihozlashni yo‘q qiladi.

“Ushbu yondashuv ishonchli ishchilarni topish tobora qiyinlashib borayotgan jismoniy jihatdan murakkab, takrorlanadigan va zerikarli vazifalarni avtomatlashtirishga qaratilgan”, deyiladi press-relizda.

““Mercedes” robototexnika va “Apollo"dan past malakali, jismoniy jihatdan murakkab qo‘l mehnatining ayrim turlarini avtomatlashtirish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda”, dedi “Apptronik” asoschisi va bosh direktori Jeff Kardenas.

Robotlardan foydalanishning bunday modeli kelgusi yillarda va boshqa tashkilotlarda qo‘llanilishini qo‘shimcha qildi u.


Avvalroq “Spot” “BMW” AQShdagi zavodida odamsimon robotlarni ishga yollagani haqida yozgandi.

Ayni paytda robotlar zavod faoliyatiga integratsiyalashishga o‘rgatilmoqda. Ular katta ehtimol bilan, kuzov sexida ishlaydi.