2023-yil 1-maydan boshlab rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslar ham ipoteka kreditini olishlari mumkin.
Ularning to‘lov qobiliyatini baholashda bank kartalari aylanmasi, ijara to‘lovlari, uy-joy kommunal xizmatlari va boshqa xarajatlar hisobga olinadi.
Bunda asosiy shartlardan biri fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan holda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
Boshlang‘ich to‘lovni ko‘proq to‘lagan fuqarolar bankdan arzonroq kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Banklar taqdim qiladigan ipoteka krediti miqdori quyidagi hududlarga qarab o‘zgaradi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 327 250 000 so‘m;
- Toshkent shahri uchun — 416 500 000 so‘m.
Kerakli hujjatlar:
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta);
- o‘z-o‘zini band qilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma;
- dastlabki oldi-sotdi shartnomasi;
- kadastr hujjati.
Ro‘yxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlaridan olindi.
Bank nomi | Stavka | Boshlang‘ich to‘lov | Muddat | Imtiyozli davr | Birlamchi/ikkilamchi |
Asakabank* | 0% | 40% | 10 yil | - | birlamchi |
Asia Alliance Bank | 27,99% | 50% | 144 oy | 12 oy | birlamchi/ikkilamchi |
Ipotekabank | 26,4% | 20% | 20 yil | - | birlamchi/ikkilamchi |
Ipak yo‘li banki | 50% | 24% | 5 yil | - | birlamchi/ikkilamchi |
25% | 7 yil | ||||
Tengebank | 25,9% | 50% | 10 yil | - | ikkilamchi |
Xalq banki | 17%-18% | 30% | 20 yil | 6 oy | |
O‘zmilliybank | 18% | 40%dan yuqori | 20 yil | 6 oy | birlamchi/ikkilamchi |
O‘zsanoatqurilishbank | 18% | 40% | 10 yil | - | birlamchi/ikkilamchi |
*kredit faqat “NRG” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan turar joy majmualaridan xonadon sotib olish uchun ajratiladi.