Yaponiyaga safar — Safia qandolatchilik uyi uchun eng ahamiyatli voqealardan biri.
Safia qandolatchilik uyi nazdida Yaponiya
Kompaniya vakillari mamlakat madaniyati bilan tanishuv qanday o‘tganligi, rahbarlar va top-menejerlar qaysi kompaniyalarda bo‘lganliklari, shuningdek, safar xulosalari haqida so‘zlab berishdi.
Safia qandolatchilik uyi ishchi guruhi Yaponiyaga bir maqsad bilan safar qildi — kompaniya faol tarzda ishlab chiqarishga hamda chakana savdo tarmog‘i ishiga joriy qilayotgan Kaydzen falsafasini to‘liq tushunish.
Safar doirasida guruh beshta shahar va bir nechta prefekturalarga tashrif buyurdi, katta kompaniya ishi bilan tanishdi va Chateraise qandolat fabrikasiga bordi.
Safia qandolatchilik uyining O‘zbekistondagi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan yaqindan hamkorligi jamoaga noyob imkoniyat — Yaponiyaga 10 kunlik jamoaviy safar qilish imkonini taqdim etdi.
Safarning asosiy maqsadlari
Safardan asosiy maqsad yaponlarning ishga va biznes qurishga munosabatini belgilab beradigan mamlakatning o‘ziga xos madaniyati bilan yaqindan tanishish edi. Dasturning qisqacha mazmuni:
- ishlab chiqarish kompaniyalari doirasida biznes-jarayonlarni o‘rganish;
- Toyota kompaniyasi ishlab chiqarish tizimi bilan tanishish;
- kaydzen amaliyotlarini kuzatish;
- oziq-ovqat korxonalarini avtomatlashtirish va restoranlar uchun intellektual texnologiyalar bo‘yicha B2B ko‘rgazmalarga tashrif buyurish;
- tort va boshqa qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zamonaviy mashinalarni o‘rganish;
- marketing tadqiqotlari.
Safia jamoasi beshta shaharga — Tokio, Osaka, Kioto, Nagoya va Sindzuokaga tashrif buyurdi va safar davomida 12 ta prefekturada bo‘ldi. Jamoa yaponlarning hayot surʼatini ko‘rsatadigan madaniyat va anʼanalardan yorqin taassurotlar oldi. Ishga sodiqlik va mehr, boshqalarga hamda ularning mehnatiga hurmat, shuningdek, doim komillikka intilish yaponlarning o‘ziga xos sifatlarini tashkil qiladi.
“Ertalab uyg‘ona turib, yaponlar „Qanday qilib o‘zimni, ishimni va hayotimni yaxshilashim mumkin?“, deb o‘ziga savol berishadi. Bu savolga javoblar ularning harakatlarida namoyon bo‘ladi: chiqindi qutilari tashkil qilingan ko‘chalarda tozalikni saqlashdan tortib vatanparvarlik va o‘z ishiga mehrgacha”, — taʼkidlashdi kompaniya vakillari.
Toyota Engineering, AVEX Inc., Masami Sangyo, Tops kompaniyalarida ish jarayonlarini o‘rganish paytida ularning korporativ madaniyatida aks etgan xodimlarning bir-biriga o‘zaro hurmatini sezish mumkin edi. Kompaniyalarda xodimlar qadrlanishi muhim bo‘lgan asosiy resurs ekanligiga urg‘u beriladi. Shu bois xodimning uzluksiz taʼlim olishiga, mehnat sharoitlarini yaxshilashga katta eʼtibor qaratiladi.
Chatеraise namunasida Safia kelajagi
Chatеraise qandolatchilik fabrikasi bilan tanishish safarning muhim pallasi bo‘ldi. Safia top-menejerlari kompaniya prezidenti bilan ko‘rishishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu uchrashuv Safia kelajagi uchun muhim ko‘plab savollarga javoblar taqdim etdi:
- mahalliy va xorijiy miqyosda kompaniya ko‘lamini yoyish yo‘llari;
- asosiy talab — mahsulot tabiiyligi va qo‘l mehnatini saqlagan holda mahsulot logistikasini tashkil qilish usullari;
- maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish ularga tez va samarali erishish uchun qanchalik muhimligi.
Chatеraise Yaponiyada qandolatchilik mahsulotlarining eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri sanaladi. Hozirda kompaniyaning BAA, Niderlandiya, Indoneziya, Singapur, Tayvan, Malayziya, Tailand, Xitoy, Gonkongda filiallari bor.
Asosiy xulosalar va kelgusiga rejalar
Yaponiya safari sarhisobini chiqarib, Safia qandolatchlik uyi uchta yo‘nalishni yaxshilash bo‘yicha yo‘l xaritalarini ishlab chiqdi:
- ishlab chiqarish;
- chakana savdo tarmog‘i;
- HR.
Yaqin vaqt ichida Ishlab chiqarish jarayoni optimallashuvligi mahsulotlar sifatiga yo‘naltiriladi, barcha jarayonlarni avtomatlashtirish, xodimlar bilan ularning malakasi va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha ishlarga qaratiladi.
Xodimlarni rivojlantirish maqsadida ularni o‘qitish bo‘yicha “Kaydzen” loyihasi yo‘lga qo‘yiladi, tashabbus ko‘rsatganligi uchun rag‘batlantirish tizimi ishlab chiqiladi, yaxshilash jarayonlariga ilg‘or xodimlarni jalb qilish jadallashtiriladi.
Qo‘yilgan barcha maqsadlar va vazifalar bir narsaga qaratilgan — har bir mehmon va mijoz talabiga javob berish, ular kutganidan-da ortiq sifat taqdim etish, hamda Safia haqida mijozlarda ijobiy taassurotlar qoldirish.
Reklama huquqlari asosida.