Xitoyning premium aqlli elektr avtomobillar ishlab chiqaruvchisi “Zeekr” kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kiradi. Bu haqda kompaniya “Spot"ga ma’lum qildi.

Mahalliy bozorda xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchisi mashhur modellarni taqdim etadi: “Zeekr 001”, “X” va yangi “007”.

Elektromobillar rus tilidagi sozlamalar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchining kafolatiga ega bo‘ladi.

Asosiy yetkazib berishlar joriy yilning iyun oyida rejalashtirilgan, biroq uchta model allaqachon sotuvga chiqarilgan.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Qozog‘istondan keyin ikkinchi bozorga aylandi, u yerda Zeekr o‘zining elektromobillari savdosini rasman boshlagan.

“Zeekr” avtomobillari to‘liq elektromobil hisoblanadi. Benzin yoki dizel dvigatellari yqligi sababli ular atrof-muhitga kamroq ta’sir qiladi. Ular uchun yagona energiya manbai qayta quvvatlanuvchii batareyalardir.


2021-yil oxirida Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchi “Chery” kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirib kelayotgani haqida xabar bergandi.

2022-yilning iyul oyida “Roodell” kompaniyaning mamlakatdagi rasmiy distribyutoriga aylandi va endilikda u brendni ilgari surish bilan shug‘ullanadi.

O‘zbekistonda “Chery"ning — Tiggo 8 Pro Max, Tiggo 7 Pro va Arrizo 6 Pro modellarini yig‘ish rejalashtirilgan. Xitoy kompaniyasi aynan ushbu modellarni respublikaga sinov partiyasi sifatida jo‘natgan.

Chery” kompaniyasi vakillari “Spot"ga bergan intervyusida 2022-yilning oxirigacha sotuvlarni yo‘lga qo‘yishni ma’lum qilgandi.

2023-yil yanvar oyida “Exeed” avtomobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirishini rasman e’lon qildi.

Qayd etilishicha, “Asaka Motors International” kompaniyasi mamlakatda “Exeed” brendini namoyish etadi va mahalliy dilerlik tarmog‘ini rivojlantiradi.

Shu yilnig aprelida Xitoyning “OMODA” kompaniyasi O‘zbekiston avtomobil bozoriga kirishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi.