Android 15 tizimi o‘chirilgan smartfonni qidirish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deya xabar berdi “Android Police”.
“Google” buni Android smartfon egalari qurilma akkumulyatori 0%ga yetgan hollarda yo‘qolgan qurilmalarni topishi uchun yaratmoqchi.
Qayd etilishicha, kompaniya ishlab chiquvchilari “Powered Off Findin” deb nomlangan API ishlab chiqmoqda.
Ushbu API’ni qo‘llab-quvvatlaydigan modellarni, hatto qurilma o‘chirilgan bo‘lsa ham, xaritada topish mumkin.
Joylashuvni aniqlash boshqa yaqin-atrofdagi Android smartfonlariga “Bluetooth” ulanishi yordamida ishlaydi.
Shunga o‘xshash funksiya iPhone’da uzoq vaqtdan beri mavjud — smartfon o‘chirilganida, u boshqa iOS qurilmalari bilan bog‘lanadi va ular yo‘qolgan iPhone egasining “Lokator"ga joylashuv ma’lumotlarini uzatadilar. Bu variant Androidda aynan shunday ishlashi kutilmoqda.
O‘chirilgan holatda qidiruvni qo‘llab-quvvatlash uchun smartfonda kichik batareya quvvatini saqlab turganda qurilmani o‘chiradigan maxsus kontrollerlar bo‘lishi kerak, bu “Bluetooth” ishlashi uchun yetarli bo‘ladi. Bozordagi barcha telefonlarda bu xususiyat mavjud emas.
Mutaxassislar “Powered Off Findin” funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi smartfonlar “Pixel 8” va “Pixel 9” hamda “Samsung” flagmanlari bo‘lishini kutishmoqda.
Variant Android 15'ga yangilangandan keyin yirik brendlarning barcha flagmanlarida ishlashi mumkin.
Avvalroq “Spot” Android smartfonlari bir vaqtda bir nechta ilovalarni yuklab olish imkoni paydo bo‘lishi haqida yozgandi.
Ilgari foydalanuvchilar “Google Play” orqali dastur yoki o‘yinlarni birma-bir yuklab olishlari kerak edi.