“Telegram” $330 mlnlik korporativ obligatsiyalar chiqardi, deya xabar berdi messenjer asoschisi Pavel Durov.

Durov talab taklifdan oshib ketganini va bitim ishtirokchilari obro‘ga ega bo‘lgan eng yuqori darajadagi jahon fondlari ekanligini ta’kidladi.

“Bizning obligatsiyalarimizga talab ortib borayotgani jahon moliya institutlari „Telegram“ auditoriyasi va monetizatsiyasi o‘sishini qadrlashini ko‘rsatadi”, dedi u.

Joylashtirish shartlari kompaniyaning butun tarixidagi “Telegram” uchun eng qulay bo‘lib chiqqanini qo‘shimcha qildi.

2024-yil 11-mart kuni Durov “Financial Times” nashriga “Telegram"ning oylik auditoriyasi 900 mln foydalanuvchidan oshganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki yil avval premium akkauntlar va reklamaning ishga tushirilishi “Telegram"ga o‘z daromadini “yuzlab million dollar"ga oshirish imkonini berdi.

“Telegram” rejalashtirilgan IPO oldidan investorlardan $30 mlrd yoki undan ko‘p dastlabki bahoni oldi. Potentsial investorlar orasida messenjerni sotib olmoqchi bo‘lgan global texnologiya fondlari ham bor.

Biroq Durov “Telegram"ni IPO varianti o‘rganilayotgan vaqtda sotish imkoniyatini rad etdi, aksiyalarni birlamchi joylashtirish vaqti va joyini ochiqlanmadi.


Avvalroq “Spot” “Telegram” “Biznes Premium” obunasini taqdim qilgani haqida yozgandi.

Obunadagi imkoniyatlar tadbirkorlarga o‘z mijozlari bilan muloqot qilishni osonlashtiradi.