Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar to‘rt kun — 21-martdan 24-martgacha dam olishadi. Bu bo‘yicha o‘tgan yili prezidentning tegishli farmoni qabul qilingandi.

Bayram kunlari quyidagi banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi:

  • “Ipak yo‘li bank”;
  • “Milliy bank”;
  • “Biznesni rivojlantirish banki”;
  • “Agrobank”;
  • "Hamkorbank";
  • "Trastbank";
  • "Turonbank";
  • "Aloqabank";
  • "Sanoatqurilishbank";
  • "Xalq banki";
  • “Asakabank”;
  • "Infin bank";
  • “Ipoteka bank”;
  • “Garant bank”;
  • “Mkbank”;
  • "Poytaxtbank";
  • "Saderatbank";
  • "Asia Alliance bank";
  • “Octobank”;
  • "Universalbank";
  • "Orient Finans Bank";
  • “Hayotbank”;
  • "Tengebank";
  • "Davrbank".

Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari mavjud.